Roki tuneli
Roki tuneli (shuningdek, Rokskiy tuneli, gruzincha: როკის გვირაბი; osetin: Ручъы тъунел ; ruscha: Рокский туннель) Katta Kavkaz togʻlari orqali oʻtadigan Transkam yoʻlining togʻ tunneli, Yuqori Roka qishlogʻining shimolida joylashgan. U Rossiyadagi Shimoliy Osetiya-Alaniyani Gruziya orqali oʻtib, Janubiy Osetiyaga bogʻlaydigan yagona yoʻldir.
Sovet hukumati tomonidan 1984-yilda qurib bitkazilgan tunnel Shimoliy Kavkaz tizmasini kesib oʻtuvchi sanoqli yoʻllardan biri hisoblanadi. U taxminan 2,000 metr (6,600 ft) balandlikda qurilgan, tunel uzunligi 3,730 metr (12,240 ft) ga teng. U Roki dovonidan taxminan 3,000 metr (9,800 ft) uzoqlikda joylashgan. Mazkur dovon orqali harakatlanish faqat yozda amalga oshiriladi[1][2]. Gruziya va Rossiya oʻrtasidagi boshqa yoʻnalishlarga Gruziya harbiy yoʻlidagi Kazbegi — Verxni Lars bojxona posti kiradi, mazkur yoʻnalish 2006-yil iyun oyida yopilgan [3] va 2010-yilda qayta ochilgan. Shuningdek, noqonuniy hisoblangan Abxaziyadagi Gantiadi — Adler oʻtish joyi ham mavjud[4].
Tunnel Gruziya-Osetiya mojarosi davomida muhim ahamiyat kasb etgan. Janubiy Osetiya hukumati asosiy daromad manbalaridan biri sifatida tunnel transportidan undiriladigan toʻlovlardan foydalanadi. AQSh tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Gruziya hukumati uzoq vaqtdan buyon tunnelning Janubiy Osetiya tomonini Janubiy Osetiya separatistlari va ularning Rossiya ittifoqchilari emas, balki xalqaro kuzatuvchilar nazorati ostiga oʻtkazishga chorlab kelgan[5].
Rossiya hukumati 2006-yil iyunidan 2010-yil martigacha Kazbegi — Verxni Lars bojxona nazorat punktini toʻsib qoʻygan, Roki tunneli Rossiyadan Janubiy Osetiyaga boradigan yagona yoʻl boʻlib qolgan. Tunneldan 2008-yilgi Rossiya-Gruziya urushi paytida rus qoʻshinlari uchun taʼminot yoʻli sifatida ham foydalanilgan[6].
Tunnel Rossiya-Gruziya urushi natijasida yetkazilgan zarar tufayli qayta qurilgan[7]. Qayta qurilish ishlari 2+1⁄2 yil davom etgan va 2015-yil oktyabr oyida tugatilgan[8].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Der Roki-Tunnel – Schlüsselstelle im Georgien-Konflikt“ (de). Derstandard.at (2008-yil 18-avgust). 2016-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-fevral.
- ↑ „Roki Tunnel“. Structurae.de. 2015-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 10-avgust.
- ↑ „Families split by Ossetia border closure“ (2008-yil 23-yanvar). 2008-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 10-avgust.
- ↑ „Explosion Redirected“ (2006-yil 10-iyul). 2006-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 10-avgust.
- ↑ „Georgian rebel region evacuates children after deadly clashes“. Channel NewsAsia (2008-yil 5-avgust). 2008-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 10-avgust.
- ↑ Michael Evans. „Georgia: Reckless Saakashvili took on Russian Goliath Putin“. The Times (2008-yil 11-avgust). 2008-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 11-avgust.
- ↑ „Roki tunnel reopened“. DFwatch - Democracy & Freedom Watch (2014-yil 10-noyabr). 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-avgust.
- ↑ „Second phase of the Roki Tunnel Construction Completed at the Border with South Ossetia“. SK Most (2014-yil 21-oktyabr). 2016-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-avgust.
Havolalar
tahrir- „Roki - Tunnel of Misfortune“. The Georgian Times (2008-yil 4-sentyabr). 2008-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 10-sentyabr.