Roman Procházka
Roman Procházka (talaffuzi: Roman Proxazka; 1989-yil 14-martda Chexoslovakiyada tugʻilgan) — slovakiyalik futbolchi, Polshaning „Spartak“ (Trnava) klubi va Slovakiya terma jamoasi yarim himoyachisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Roman Procházka | ||
Tavallud sanasi | 14-mart 1989-yil | ||
Tavallud joyi | Jaslovské Bohunice, Chexoslovakiya | ||
Boʻyi | 1.82 m (6 ft 0 in) | ||
Ampluasi | yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Spartak Trnava | ||
Raqami | 15 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Spartak Trnava | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2007—2012 | Spartak Trnava | 124 | (11) |
2012—2018 | Levski Sofia | 145 | (25) |
2013—2014 | → Spartak Trnava (ijara) | 31 | (6) |
2018—2019 | Viktoria Plzeň | 35 | (9) |
2020—2021 | Górnik Zabrze | 42 | (0) |
2021— | Spartak Trnava | 36 | (2) |
Milliy terma jamoa | |||
2009—2010 | Slovakiya U21 | 12 | (1) |
2011—2012 | Slovakiya | 3 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (11-noyabr 2022-yil uchun) |
Klublardagi faoliyati
tahrirRoman Procházka oʻz shahrining „Spartak Trnava“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2007-yil 13-mayda (18 yoshida) „Eldus Močenok“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Slovakiya chempionatida debyut qildi. 2012-yilda Roman Procházka Bolgariyaning „Levski Sofia“ jamoasiga oʻtdi. 11-avgust kuni „Chernomorets Burgas“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Bolgariya chempionatida debyut qildi[1]. Mavsum oxirida Roman Procházka „Spartak Tranva“ futbol klubiga ijara asosida qaytdi. 2014-yilning yozida u yana „Levski Sofia“ futbol klubi safiga qoʻshildi. 2-avgust kuni poytaxtning „Lokomotiv“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Roman Procházka jamoadagi ilk golini urgan[2].
2018-yilning yozida Roman Procházka „Viktoria Plzeň“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. 20-iyul kuni poytaxtning „Dukla Praha“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Gambrinus Ligada debyut qildi[3]. 4-avgust kuni „Sigma“ga qarshi bahsda Roman Procházka „Viktoria Plzeň“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan[4].
2015-yilning 18-iyunida Procházka „Levski Sofia“ futbol klubi bilan yana bir yillik shartnoma imzoladi va u 2016-yilgacha „Levski Sofia“ futbol klubi safida toʻp surgan. Iyul oyida futbolchi „Levski Sofia“ futbol klubi tomonidan „vitse-kapitan“ deb eʼlon qilingan. Unga „Levski Sofia“ futbol klubining 2015—2016-yilgi mavsumdagi „Botev Plovdiv“ futbol klubiga qarshi birinchi oʻyinida sardorlik bogʻichi berilgan. 2017-yilga kelib u ko‘plab gollar urib, „Levski Sofia“ futbol klubining asosiy o‘yinchilaridan biriga aylangan. Hamda, u koʻplab gollarga assistentlik qilib, 21-asrning ikkinchi oʻn yilligida muxlislar tomonidan eng sevimli oʻyinchi deya eʼtirof etilgan. 2017-yil 1-oktabr kuni Procházka „Cherno More Varna“ futbol klubi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Bu oʻyindan soʻng, futbolchi „Levski Sofia“ jamoasi safida oliy divizionda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan xorijlik futbolchiga aylangan. Procházka 2015-yilning 30-noyabrida „Levski Sofia“ futbol klubi bilan amaldagi shartnomasini yana ikki yarim yilga uzaytirgan. Shu tariqa futbolchi 2018-yilning 31-dekabriga qadar klubda qolgan.
Xalqaro faoliyati
tahrir2011-yil 10-avgustda Avstriya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ikkinchi boʻlimda Juray Kutska oʻrniga maydonga tushgan Roman Procházka Slovakiya terma jamoasida debyut qilgan[5].
Statistika
tahrirKlublardagi faoliyati | Liga | Kubok | Xalqaro turnir | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Jamoa | Mavsum | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | |
Spartak Trnava | 2006—2007 | 5 | 1 | 0 | 0 | - | - | 5 | 1 | |||
2007—2008 | 1 | 0 | 0 | 0 | - | - | 1 | 0 | ||||
2008—2009 | 28 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | - | 29 | 0 | |||
2009—2010 | 29 | 3 | 5 | 0 | 4 | 1 | - | 38 | 4 | |||
2010—2011 | 30 | 3 | 4 | 1 | - | - | 34 | 4 | ||||
2011—2012 | 31 | 4 | 3 | 0 | 7 | 1 | - | 41 | 5 | |||
Jami | 124 | 11 | 12 | 1 | 12 | 2 | 0 | 0 | 148 | 14 | ||
Levski Sofia | 2012—2013 | 21 | 0 | 7 | 0 | 2 | 0 | - | 30 | 0 | ||
Spartak Trnava (ijara) | 2013—2014 | 31 | 6 | 3 | 1 | - | - | 34 | 7 | |||
Jami | 31 | 6 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 34 | 7 | ||
Levski Sofia | 2014—2015 | 27 | 4 | 6 | 0 | - | - | 33 | 4 | |||
2015—2016 | 33 | 8 | 2 | 0 | - | - | 35 | 8 | ||||
2016—2017 | 30 | 8 | 2 | 0 | 2 | 0 | - | 34 | 8 | |||
2017—2018 | 33 | 5 | 5 | 0 | 4 | 1 | - | 42 | 6 | |||
Jami | 144 | 25 | 22 | 0 | 8 | 1 | 0 | 0 | 174 | 26 | ||
Umumiy faoliyatida | 299 | 42 | 37 | 2 | 20 | 3 | 0 | 0 | 356 | 47 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Левски София VS. Черноморец Бургас 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (2012—08—11).
- ↑ „Левски София VS. Локомотив София 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (2014—08—02). 12-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-sentabr 2018-yil.
- ↑ „Дукла Прага VS. Виктория Пльзень 1:3“ (inglizcha). soccerway.com (2018—07—20).
- ↑ „Сигма VS. Виктория Пльзень 0:1“ (inglizcha). soccerway.com (2018—08—04).
- ↑ „Австрия VS. Словакия 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (2011—08—10). 19-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-sentabr 2018-yil.