Roman Zaretskiy (ivritcha: רומן זרצקי, ruscha: Роман Зарецкий , belaruscha: Раман Зарэцкі ; 1983-yil 4-dekabrda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan isroillik sobiq muz raqqosi. Opasi Aleksandra Zaretskaya bilan birga 2009 Skate America turnirining bronza medali sovrindori, 2009 Golden Spin of Zagreb musobaqasining chempioni, uch karra Nebelhorn Trophy sovrindori va uch karra Isroilning milliy chempioni boʻlgan. Juftlik Jahon chempionatida ishtirok etib, oltinchi oʻrinni egallagan va 2010-yilda boʻlib oʻtgan huddi shu chempionatda oʻninchi oʻrinni egallab, Qishki Olimpiya oʻyinlarida ikki marta ishtirok etgan.

Roman Zaretsky
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Isroil bayrogʻi Isroil
Tavalludi 4-dekabr 1983-yil (1983-12-04) (41 yosh)
Minsk
Sherigi Alexandra Zaretskaya
Jamoasi Kochavim on the Ice
Uchishni boshlagan 1987
Yakunlagan 2010
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 181.26
Standart raqs 37.59
Original raqs 58.10
Erkin raqs 91.34

Shaxsiy hayoti

tahrir
 
Zaretskiylar va 2009-yilgi Nebelhorn Tropy musobaqasining sovrindorlari

Roman Zaretskiy 1983-yil 4-dekabrda Minsk shahrida tug‘ilgan. Zaretskiylar oilasi yahudiy boʻlib, 1990-yilda Isroilning Metula shahrida qoʻnim topgan. Roman Zaretskiy 2005 — 2006-yilgi mavsum boshlanishi arafasida armiya xizmatini tugatgan. U ibroniy, rus va ingliz tillarini yaxshi biladi.

Faoliyati

tahrir

Opasi bilan juftlik hosil qilganida 11 yosh, opasi esa 7 yosh boʻlgan. Juftlikka 2001-yilgacha onasi murabbiylik qilgan, so‘ng ular AQShga mashg‘ulot oʻtash uchun ko‘chib o‘tishgan[1].

Opa-uka 2001-yil oktyabr oyida Gollandiyaning Gaaga shahrida boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri musobaqasida 11-oʻrinni egallab, debyut qilishgan. 2002-yilda Norvegiyaning Hamar shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 19-oʻrinni egalladi.

2002 — 2003-yilgi mavsum

tahrir

Zaretskiylar 2002-yil sentyabr oyida Serbiyaning Belgrad shahrida boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritgan birinchi isroillik figurali uchuvchilar boʻlga[2]n. Germaniyaning Xemnits shahrida boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri musobaqasida yana bir bronza medalini qoʻlga kiritgandan soʻng, juftlik finalda qatnashish uchun tanlanib olingan. 2003-yil yanvar oyida opa-uka Oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa olimpiadasi festivalida medal sohibi boʻlgan. Juftlik 2003-yilda Chexiyaning Ostrava shahrida oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida sakkizinchi oʻrinni egallagan. Ularga Delaver shtatining Uilmington shahrida Irina Romanova va Igor Yaroshenko murabbiylik qilishgan[3].

Dasturlari

tahrir
 
Zaretskiylar 2009-yilgi Jahon chempionatida

Zaretskaya bilan

Mavsum Original raqs Erkin raqs
2001 — 2002

  • Granada
  • Torero Quiero
2002 — 2003

2003 — 2004

  • The House

Natijalari

tahrir

GP: Gran-pri ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Zaretskaya bilan
Xalqaro
Musobaqa 99–00 00–01 01 — 02 02 — 03 03 — 04 04 — 05 05 — 06 06 — 07 07 — 08 08 — 09 09 — 10
Olimpiada 22 10
Jahon chempionati 20 14 9 13 6
Yevropa chempionati 15 11 8 11 7
GP Cup of China 9 4 4 7 5
GP Cup of Russia 5
GP NHK Trophy 9
GP Skate America 8 7 3
Golden Spin 1
Nebelhorn 3 2 2
Skate Israel 4 4
Universiada 1
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chempionati 19 8 9 4
JGP Final 6 8
JGP Germaniya 3 3
JGP Italiya 8
JGP Meksika 2
EYOF 3
Milliy
Isroil chempionati 1 1 J 1 J 1 J 1 J 2 1 1 1
J = Oʻsmirlar

Manbalar

tahrir
  1. „Young Israelis to compete at Skate America“. The Jewish Ledger (2006-yil 25-oktyabr). 2011-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Ben-Ali, Russell. „Skaters, coach sue Hackensack rink“. New Jersey Star-Ledger (2008-yil 30-oktyabr). 2013-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-iyun.
  3. McGrath, Charles. „Israel's Winter Athletes Come to U.S. Seeking Ice and Medals“. The New York Times (2010-yil 19-yanvar).