Vsevolod Romanovskiy
Vsevolod Ivanovich Romanovskiy (1879.4.12, Olmaota — 1954.6.10, Toshkent) — matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1943), Peterburg universitetini tugatgan (1906). Varshava universiteti professor (1911 — 15), RostovDon universiteti professor (1915—18), 1918-yildan umrining oxirigacha Urta Osiyo universitetida professor.
Vsevolod Romanovskiy | |
---|---|
Tavalludi |
4-dekabr 1879-yil |
Vafoti |
6-oktyabr 1954-yil (74 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va SSSR |
Mukofotlari |
Romanovskiy Toshkent matematika maktabi asoschisi. U ehtimollar nazariyasi va matematik statistikata katta hissa qoʻshgan. Markov zanjirlarini chuqur oʻrganib, umumlashtirgan, bu sohada matritsalar usullarini yaratgan; markaziy limit teoremani koʻp oʻlchovli holga oʻtkazgan. Matematik statistika sohasida R. bosh toʻplam empirik harakteristikalari taqsimot funksiyalariga doir ishlari bilan mashqur. R. oʻz ishlarida statistik nazorat, statistika usullarini xalq xoʻjaligida qoʻllashga alohida eʼtibor bergan. Oʻzbekistonda oliy matematika taʼlimini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Matematika institutini tashkil etishda (1943) R.ning xizmatlari katta. T. A. Sarimsoqov. S. H. Sirojiddinov va boshqa uning shogirdlari.
Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Matematika institutiga uning nomi berilgan (1954).[1]
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Izbr. Trudi, t. 12, T., 19591964; Matematicheskaya statistika, t. 1—2, T., 19611963; Matematik statistikaning tajribada qoʻllanishi, T., 1950.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |