Romario Andrés Ibarra Mina (talaffuzi: Romario Andres Ibarra Mina) 1994-yil 24-sentabrda Ekvadorning Atuntaki shahrida tugʻilgan. Ekvadorlik futbolchi „Pachuca“ klubi va Ekvador terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Renato Ibarraning ukasi.

Romario Ibarra Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Romario Andrés

Ibarra Mina

Tugʻilgan 24-sentabr 1994-yil(1994-09-24)[1][2] (28 yosh)

Imbabura, Ekvador
Fuqaroligi
Boʻyi 174 cm
Vazni 73 kg
Pozitsiyasi hujumkor yarim himoyachi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Meksiki Pachuca
Raqami 30
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Ibarra oʻz faoliyatini „LDU Kito“da boshlagan. 2013-yil 24-avgustda „Deportivo Kito“ga qarshi oʻyinda u Ekvador chempionatida debyut qildi[3].

2014-yil boshida Romario Katolika universiteti jamoasiga koʻchib oʻtdi. 8-fevral kuni „El Nacional“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[4]. 4-may kuni „Manta“ga qarshi bahsda Ibarra „Katolika Universidad“ safida oʻzining birinchi golini urdi[5].

2018-yil iyul oyida Ibarra MLS klubi „Minnesota United“ga oʻtdi[6]. U Shimoliy Amerika chempionatidagi debyutini 22-iyul kuni „Los-Angeles“ FKga qarshi oʻtkazdi[7]. 11-avgust kuni „Los Angeles Galaxy“ga qarshi oʻyinda u „Minnesota United“ safida ilk golini urdi[8].

2019-yil 21-may kuni „Minnesota United“ Ibarrani Meksikaning „Pachuka“ jamoasiga muddati tugagandan keyin sotib olish sharti bilan 13 oyga ijaraga berdi[9]. Liga MXda u 20-iyul kuni „Leon“ga qarshi oʻyinda debyut qildi. 16-avgust kuni „Puebla“ga qarshi oʻyinda u Meksika chempionatidagi ilk golini urdi. 2020-yil 1-iyulda „Pachuca“ Ibarrani „Minnesota United“dan sotib oldi[10][11].

Xalqaro karyerasi tahrir

2017-yil 6-oktabr kuni JCh-2018 saralashida Chiliga qarshi o‘yinda Ibarra Ekvador terma jamoasida debyut qildi[12]. Oʻsha oʻyinda Romario terma jamoadagi ilk golini urdi.

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Universidad Católica  Ekvador 2011 1 0 1 0
2012 7 0 7 0
Jami 8 0 0 0 0 0 8 0
Liga Deportiva Universitaria  Ekvador 2013 7 0 7 0
Jami 7 0 0 0 0 0 7 0
Universidad Católica  Ekvador 2014 34 4 0 0 34 4
2015 27 1 1 0 28 1
2016 24 2 2 0 26 2
2017 33 7 3 1 36 8
2018 13 1 13 1
Jami 131 15 0 0 6 1 137 16
Minnesota United  AQSh 2018 9 3 0 0 9 3
2019 8 2 0 0 8 2
Jami 17 5 0 0 0 0 17 5
Pachuca C. F.  Meksika 2019-20 20 4 2 1 22 5
2020-21 19 2 19 2
2021-22 32 4 32 4
2022-23 8 1 8 1
Jami 79 11 2 1 0 0 81 12
Umumiy karerasida 242 31 2 1 6 1 250 33

Manbalar tahrir

  1. Romario Ibarra // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. Romario Ibarra // FBref.com (mn.)
  3. „Депортиво Кито VS. ЛДУ Кито 0:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 24-avgust). 2018-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-oktyabr.
  4. „Эль Насьональ VS. Универсидад Католика Кито 2:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 8-fevral). 2018-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-oktyabr.
  5. „Универсидад Католика Кито VS. Манта 2:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 4-may). 2018-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-oktyabr.
  6. Benjamin Baer. „Minnesota United add Ecuadorian winger Romario Ibarra“ (en). MLSsoccer.com (2018-yil 9-iyul). 2018-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-avgust.
  7. „MNUFC Put LAFC to Rout 5-1“ (en). Minnesota United FC (2018-yil 22-iyul). 2018-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-avgust.
  8. Ian Quillen. „LA Galaxy 2, Minnesota United 2 | 2018 MLS Match Recap“ (en). MLSsoccer.com (2018-yil 12-avgust). 2018-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-avgust.
  9. „Romario Ibarra Loaned To Pachuca“ (en). Minnesota United FC (2019-yil 21-may). 2020-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-may.
  10. „Los Tuzos compraron de forma definitiva la carta de Romario Ibarra“ (es). Criterio Hidalgo (julio 1, 2020). 2020-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  11. „MNUFC Transfers Romario Ibarra“ (en). Minnesota United FC (2020-yil 1-iyul). 2020-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  12. „Чили VS. Эквадор 2:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 6-oktyabr). 2017-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-oktyabr.