Romli baba
Romli baba[1] — kelib chiqishi slavyancha boʻlgan qandolat mahsuloti, babaning bir turi boʻlib, mayiz, baʼzan shakarlangan mevalar qoʻshib koʻpchitilgan yogʻli xamirdan tayyorlangan tortcha. Mahsulotning vazni 100 g dan kam boʻlmaydi[2]. Pishirgandan soʻng, unga moʻl-koʻl shakar siropi va rom essensiyasi shimdiriladi, baʼzida murabbo qoʻshiladi. Tortning yuqori qismiga meva shirasi yoki qiyom surtiladi.
Romli baba tarixi Polsha qiroli va 1737-1766-yillardagi Lotaringiyaning soʻnggi gersogi Stanislav Leshinskiy (1677-1766) nomi bilan bogʻliq. U anʼanaviy Germaniya va Avstriya bayram noni — kugelhopf[3][4] yoki anʼanaviy Polsha Pasxa noni — „baba“ (polyakcha: baba) retseptini oʻzgartirgan hisoblanadi.
Quritilgan mevali va rom shimdirilgan zamonaviy baba 1835-yilda yoki undan oldinroq Fransiyaning Parij shahridagi Montorgeyl koʻchasida ixtiro qilingan. Bugungi kunda Fransiyada va Sharqiy Yevropadan tashqari deyarli hamma joyda „baba“ deganda romli babani tushunishadi.
Baba Neapolda ham mashhur boʻlib, babà yoki babbà[5] nomi ostida Neapolcha taomga aylandi.
Bu shirinlik AQSHdagi restoran menyularida ham 1899-yildan beri, balki undan ham oldinroq paydo boʻlgan[6].
Galereya
tahrirYana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Bolshoy tolkoviy slovar pod red. Kuznesova
- ↑ В. А. Тимофеева. Товароведение продовольственных товаров, 5-е 11000 экз, Ростов н/Д.: Феникс, 2005 — 226-bet. ISBN 5-222-07035-2.
- ↑ „Ромовая баба: история и королевский рецепт“ (ru). www.vokrugsveta.ru. Qaraldi: 2017-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Ромовая баба — десерт бабушки королей из королевской булочной“ (ru). ИноСМИ.Ru (2012-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 7-oktyabr.
- ↑ Fabrizio Mangoni. „Festival della letteratura di viaggio — I viaggi del Babà“. www.festivaletteraturadiviaggio.it. 2012-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyul.
- ↑ „Haan's Ladies' and Gentlemen's Restaurant," New York, menu dated 9-dekabr 1899-yil: "Dessert... Baba au Rhum 15“ (en). NYPL Digital Collections. Qaraldi: 2020-yil 27-oktyabr.
Adabiyotlar
tahrir- Poxlyobkin V. V. Baba // O kulinarii ot A do Ya: Slovar-spravochnik. — Mn.: Polimya, 1988. — S. 17. — 224 s. — 200 000 ekz. — ISBN 5-345-00218-5.
- Poxlyobkin V. V. Baba // Kulinarniy slovar. — M.: Izdatelstvo „E“, 2015. — S. 22—23. — 456 s. — 4000 ekz. — ISBN 978-5-699-75127-3.
- Baba romovaya // Tovarniy slovar / I. A. Pugachyov (glavniy redaktor). — M.: Gosudarstvennoe izdatelstvo torgovoy literaturi, 1956. — T. I. — Stb. 257—258 — 550 s.
- Buteykis N. G., Kengis R. P. Baba romovaya // Prigotovlenie muchnix konditerskix izdeliy. — M.: Ekonomika, 1965. — S. 189—191. — 252 s. — 45 000 ekz.
- Кузнецова Л. С., Сиданова М. Ю. „Технология приготовления ромовых баба́“, . Технология приготовления мучных кондитерских изделий. М.: Мастерство, 2002 — 154—157-bet.
- Ratushniy A. S. Romovaya baba // Vsyo o ede ot A do Ya: Ensiklopediya. — M.: Izdatelsko-torgovaya korporatsiya „Dashkov i K°“, 2016. — S. 318. — 440 s. — 300 ekz. — ISBN 978-5-394-02484-9.
- Charles Sinclair. baba au rhum // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 45. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3