Ronald Coase
KOUZ (Coase) Ronald (1910.29.12, Uilsden, Buyuk Britaniya - 2013) — amerikalik iqtisodchi. London iqtisodiyot maktabini tugatgan (1932). Virginiya universiteti (1951—64) va Chikago universiteti (1964—82) professor Chikago universitetining faxriy professor (1982-yildan), "Huquq va iqtisodiyot" jurnal muharriri (1964—82). K. iqtisodiyotning muassasaviy tarkibi tushunchasi mohiyatini va uning amal qilish mexanizmini ochib bergan, mulkchilik huquqi muammolarini tadqiq qilgan. Tarmoqni tashkil qilishni transaksion harajatlar nuqtai nazaridan oʻrgandi. Nobel mukofoti laureati (1991).[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |