Rorayma — Braziliyaning shimolidagi federal hudud. RiuBranku daryosi havzasida, Venesuela va Gayana chegarasida. Maydoni 225,1 ming km². Aholisi 324,2 ming kishi (2000). Maʼmuriy markazi — BoaVista sh. R.ning katta qismi Gviana yassitogʻligining jan. pastroq chekka qismida, qolgan qismi Amazonka pasttekisligida joylashgan. Iklimi shimolida subekvatorial, janubida ekvatorial, issiq va nam iqlim. Oʻrtacha oylik tralar 26—28°, yillik yogʻin 1300–2300 mm. Qimmatbaho daraxtlar oʻsadigan ekvatorial oʻrmonlar. shim. hududlarida savannalar bor. Xoʻjaligining asosini oʻrmonchilik tashkil etadi. Baliqovlanadi, ovchilik rivojlangan. Olmos va oltin konlari bor.[1]