Rosa Kostandyan (armancha: Ռոզա Կոստանդյան), Rosa Linn (armancha: Ռոզա Լին) nomi bilan ham mashhur — arman qoʻshiqchisi, qoʻshiqlar muallifi va musiqa produseri. U Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Eurovision qoʻshiqlar tanlovida oʻz mamlakati sharafini „Snap“ qoʻshigʻi bilan himoya qildi.

Rosa Linn
armancha: Ռոզա Կոստանդյան
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Rosa Kostandyan
20-may, 2000-yil (23 yil avval) (2000-05-20)
Fuqaroligi Armaniston
Kasbi qoʻshiqchi, qoʻshiqlar muallifi, musiqa produseri
Leybl Nvak, Columbia Records
Janr pop musiqa va folk-pop
Faoliyat yillari 2013 — hozirgacha
Veb-sayt https://www.rosalinnofficial.com/

Bolaligi tahrir

Rosa Armanistonning Vanadzor shahrida tugʻilib oʻsgan. U olti yoshidan boshlab pianino chalishni boshlagan[1]. 2013-yilda u Armanistonning Bolalar Eurovision qoʻshiqlar tanlovi uchun milliy tanlovida „Գիտեմ“ (oʻzb. "Bilaman") qoʻshigʻi bilan ishtirok etdi.

Faoliyati tahrir

2020 — hozirgi kun: boshlanishi va Eurovision tahrir

Linn oʻzining professional musiqiy karerasini arman-amerikalik qoʻshiqchi-qoʻshiqlar muallifi Tamara Kaprelyan tomonidan asos solingan Amerikaning Nvak Collective ovoz yozish leyblida boshlagan. 2021-yil sentyabr oyida Linn amerikalik qoʻshiqchi Kiara[2] bilan hamkorlikda oʻzining „King“ debyut singlini chiqardi. U 2021-yil noyabr oyida Armaniston jamoat televideniyesi (AMPTV) ning ertalabki koʻrsatuvida ushbu qoʻshiq bilan televizion debyut qildi[3]. Oʻsha yili Flaunt uni „Armanistonning birinchi ayol musiqa produseri“ deb atadi[4].

11-mart kuni AMPTV Rosani mamlakat vakili sifatida rasman eʼlon qildi[5]. Uning „Snap“ deb nomlangan „Eurovision“dagi qoʻshigʻi 19-mart kuni klip bilan birga chiqdi. Qoʻshiqni Linn, Tamar Kaprelyan, Larz Principato, Jeremy Dusulet, Ellie Crystal va Courtney Harrell yozgan[6]. Rosa 10-may kuni tanlovning birinchi yarim finalida „Snap“ qoʻshigʻini ijro etdi va finalga yoʻllanma oldi[7]. U 14-may kuni finalda yana shu qoʻshiqni ijro etdi va 20-oʻrinni egalladi.

Tanlovdan soʻng „Snap“ TikTokda tarqaldi va koʻplab mamlakatlarning milliy chartlarida[8] yuqori oʻrinlarni oldi. 2022-yil avgust oyida u Columbia Records bilan shartnoma tuzdi.

Diskografiyasi tahrir

Singllar tahrir

Nomi Yil Chartlardagi eng yuqori pozitsiyalar Albom
AUS JON GER IRE ITA NLD NOR SWE UK WW
„King“ (feat. Kiiara) 2021 yil Albomlarga mansub singllar emas
„Snap“ 2022 21 52 15 6 56 10 18 9 26 22
„—“ oʻsha hududda chartga tushmagan yoki chiqarilmagan singlni bildiradi.

Manbalar tahrir

  1. „Rosa Linn“. Nvak Collective. 9-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-mart 2022-yil.
  2. Ju. „Rosa Linn: Armenia meets America in New Song "King" with Kiiara“. Flaunt (13-sentabr 2021-yil). 12-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2022-yil.
  3. „Rosa Linn's Tweet“. Twitter. 12-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-mart 2022-yil.
  4. „Local media reports up and coming singer Rosa Linn will represent Armenia at Eurovision 2022“ (inglizcha). wiwibloggs (15-fevral 2022-yil). Qaraldi: 18-avgust 2022-yil.
  5. „Rosa Linn will represent Armenia at the Eurovision Song Contest 2022“ (inglizcha). eurovision.am. AMPTV (11-mart 2022-yil). 11-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-mart 2022-yil.
  6. „Armenia: Rosa Linn releases "Snap" for Eurovision 2022“. Eurovisionworld (19-mart 2022-yil). 18-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-mart 2022-yil.
  7. „Eurovision 2022: Which Semi-Final is your country performing in? 🇮🇹“. Eurovision.tv. EBU (25-yanvar 2022-yil). 3-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-mart 2022-yil.
  8. „Rosa Linn's Snap: Armenia's viral TikTok Eurovision entry charts“. BBC News (29-iyul 2022-yil). Qaraldi: 18-avgust 2022-yil.

Havolalar tahrir