Rossiya milliy futzal terma jamoasi
Rossiya futzal terma jamoasi (ruscha: Сборная России по футзалу, Sbornaya Rossii po futsalu) – Rossiyada futzal boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Rossiya futbol birlashmasi tomonidan nazorat qilinadi va futzal boʻyicha xalqaro musobaqalarda mamlakat sharafini himoya qiladi. 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli FIFA va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) barcha Rossiya jamoalarini FIFA va UEFA musobaqalaridan chetlatdi[4].
Laqab(lar) | rus tilida Наши парни (Bizning yigitlar) | ||
---|---|---|---|
Assotsatsiya | Rossiya futbol birlashmasi | ||
Konfederatsiya | UEFA (Yevropa) | ||
Bosh murabbiy | Beso Zoidze | ||
Sardor | Dmitry Prudnikov | ||
Eng yaxshi toʻpurar | Konstantin Yeremenko (122) | ||
FIFA kodi | RUS | ||
FIFA reytingi | 7 (mart 2024)[1] | ||
| |||
Birinchi oʻyin | |||
SSSR 6–2
Vengriya (Eyndxoven, Niderlandiya, 1992-yil 18-sentyabr)[2] | |||
Eng yirik gʻalaba | |||
Rossiya 31–2 Solomon Orollari(Brazilia, Braziliya, 2008-yil 6-oktyabr)[3] | |||
Eng yirik magʻlubiyat | |||
Rossiya 0–7 Braziliya(Brazilia, Braziliya, 2008-yil 4-oktyabr) | |||
Jahon chempionati | |||
Musobaqa | 7 (Birinchi marta 1992) | ||
Eng yaxshi natija | Ikkinchi oʻrin (2016) | ||
Futzal boʻyicha Yevropa chempionati | |||
Musobaqa | 11 (Birinchi marta 1996) | ||
Eng yaxshi natija | Chempion (1999) | ||
Jahon Kubogi | |||
Musobaqa | 8 (Birinchi marta 1991) | ||
Eng yaxshi natija | 4th place (1997, 2000, 2011) | ||
Grand Prix de Futsal | |||
Musobaqa | 3 (Birinchi marta 2010) | ||
Eng yaxshi natija | Ikkinchi oʻrin (2011, 2013) |
Rossiya yettita jahon chempionati (1992—2000, 2008—2021) va barcha Yevropa chempionatlarida ishtirok etgan. Terma jamoa bir marta, 1999-yilgi Yevropa chempionatida gʻalaba qozonishgan. Argentinada boʻlib oʻtgan Futzal boʻyicha 2016-yilgi jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan.
Tarixi
tahrirRossiyaning FIFA futzal boʻyicha jahon chempionatidagi ilk ishtiroki 1992-yilda boʻlgan va omadsiz boshlangan. Guruh bosqichida 3 ta oʻyinda 16 ta gol oʻtkazib yuborilgan va terma jamoa keyingi bosqichga chiqolmagan. Toʻrt yildan soʻng Ispaniyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ruslar uchinchi oʻrinni egallashdi. Rossiya 2000-yilda Gvatemalada boʻlib oʻtgan musobaqada uchinchi oʻrin uchun oʻyinda Portugaliyaga 4:2 hisobida magʻlub boʻlgan. Terma jamoa 2004-yilgi jahon chempionati final bosqichiga yoʻllanma olmagan. 2007-yil oxirida futzal boʻyicha UEFA chempionatida yangi avlod uchinchi oʻrinni egallagan.
Rossiya terma jamoasi 2008-yil Braziliyada boʻlib oʻtgan FIFA futzal boʻyicha Jahon chempionati saralash bosqichida Fransiya hamda Serbiya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi. Guruhda Rossiya milliy futzal terma jamoasi birinchi oʻrin bilan final bosqichiga yoʻllanma oldi. Ruslar serblar ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozonishdi. Final turnirida Rossiya terma jamoasi „A“ guruhidan joy oldi. Guruh bosqichida Rossiya ikkinchi oʻrinni egalladi va ikkinchi bosqichga yoʻllanma oldi. Bu safar Rossiya F guruhidan joy oldi. Dastlabki oʻyinda Ispaniyaga keyichalik Braziliyaga magʻlub boʻldi. Uchinchi oʻrin uchun pley-off finalida Italiyaga yutqazib, toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli FIFA va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) barcha Rossiya jamoalarini FIFA va UEFA musobaqalaridan chetlashtirdi[4].
Murabbiylar jamoasi
tahrirManba:[1]
Jamoa
tahrirHozirgi tarkib
tahrirFutzal boʻyicha 2022-yilgi Yevropa chempionati uchun terma jamoaga quyidagi futzalchilar chaqirildi.
# | Poz. | Oʻyinchi | Tugʻilgan kuni (yoshi) | Klub | ||
---|---|---|---|---|---|---|
1 | Georgi Zamtaradze | 1987-yil 12-fevral | MFK KPRF | |||
16 | Dmitri Putilov | 1994-yil 5-dekabr | MFK Sinara Yekaterinburg | |||
4 | DF | Artem Antoshkin | 1993-yil 17-dekabr | MFK Tyumen | ||
7 | DF | Ivan Milovanov | 1989-yil 8-fevral | MFK Tyumen | ||
12 | DF | Ivan Chishkala | 1995-yil 11-iyul | Benfica | ||
20 | DF | Nando | 1987-yil 31-oktabr | MFK Dinamo Samara | ||
8 | HJ | Éder Lima (25-yanvargacha) | 1984-yil 29-iyun | Corinthians | ||
9 | HJ | Sergei Abramov (captain) | 1990-yil 9-sentabr | MFK Sinara Yekaterinburg | ||
10 | HJ | Robinho | 1983-yil 28-yanvar | Benfica | ||
11 | HJ | Artem Niyazov | 1996-yil 30-iyul | MFK KPRF | ||
13 | HJ | Sergei Abramovich | 1990-yil 15-yanvar | MFK Tyumen | ||
14 | HJ | Daniil Davydov | 1989-yil 23-yanvar | MFK Gazprom-Ugra Yugorsk | ||
17 | HJ | Anton Sokolov | 1999-yil 28-fevral | MFK Sinara Yekaterinburg | ||
18 | HJ | Andrei Afanasyev (25-yanvardan) | 1986-yil 23-may | MFK Gazprom-Ugra Yugorsk | ||
19 | HJ | Paulinho | 1985-yil 19-oktabr | MFK KPRF |
Terma jamoalarga qarshi natijalari
tahrirJamoa | Isht | Gʻalaba | Durang* | Magʻlubiyat | GF | GA | Diff |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Argentina | 9 | 3 | 4 | 2 | 26 | 24 | +2 |
Avstraliya | 1 | 1 | 0 | 0 | 10 | 1 | +9 |
Ozarbayjon | 6 | 4 | 1 | 1 | 23 | 13 | +10 |
Belarus | 13 | 10 | 2 | 1 | 57 | 16 | +41 |
Belgiya | 13 | 10 | 3 | 0 | 59 | 25 | +34 |
Bosniya va Gersegovina | 3 | 2 | 0 | 1 | 8 | 6 | +2 |
Braziliya | 17 | 1 | 1 | 15 | 31 | 81 | −50 |
Chili | 2 | 0 | 1 | 1 | 3 | 6 | −3 |
Xitoy | 4 | 3 | 1 | 0 | 26 | 6 | +20 |
Kolumbiya | 1 | 1 | 0 | 0 | 2 | 0 | +2 |
Kosta Rika | 2 | 2 | 0 | 0 | 11 | 3 | +8 |
Xorvatiya | 9 | 6 | 3 | 0 | 27 | 14 | +13 |
Kuba | 2 | 2 | 0 | 0 | 17 | 6 | +11 |
Chexiya | 14 | 10 | 1 | 3 | 45 | 30 | +15 |
Misr | 4 | 2 | 1 | 1 | 21 | 9 | +12 |
Finlandiya | 3 | 3 | 0 | 0 | 12 | 1 | +11 |
Fransiya | 3 | 3 | 0 | 0 | 13 | 1 | +12 |
Gruziya | 2 | 2 | 0 | 0 | 17 | 5 | +12 |
Gretsiya | 4 | 4 | 0 | 0 | 47 | 3 | +44 |
Gvatemala | 4 | 3 | 1 | 0 | 23 | 3 | +20 |
Vengriya | 11 | 10 | 1 | 0 | 64 | 25 | +39 |
Eron | 31 | 13 | 10 | 8 | 88 | 82 | +6 |
Isroil | 1 | 1 | 0 | 0 | 6 | 1 | +5 |
Italiya | 20 | 7 | 5 | 8 | 46 | 46 | +0 |
Yaponiya | 4 | 3 | 0 | 1 | 23 | 12 | +11 |
Qozogʻiston | 6 | 4 | 2 | 0 | 16 | 6 | +10 |
Latviya | 7 | 7 | 0 | 0 | 31 | 1 | +30 |
Liviya | 1 | 1 | 0 | 0 | 2 | 0 | +2 |
Litva | 1 | 1 | 0 | 0 | 4 | 1 | +3 |
Shimoliy Makedoniya | 2 | 2 | 0 | 0 | 16 | 4 | +12 |
Moldova | 1 | 1 | 0 | 0 | 31 | 0 | +31 |
Chernogoriya | 1 | 1 | 0 | 0 | 7 | 1 | +6 |
Niderlandiya | 18 | 15 | 1 | 2 | 63 | 29 | +34 |
Yangi Zelandiya | 1 | 1 | 0 | 0 | 7 | 3 | +4 |
Paragvay | 3 | 3 | 0 | 0 | 15 | 6 | +9 |
Polsha | 12 | 9 | 2 | 1 | 59 | 23 | +36 |
Portugaliya | 14 | 4 | 4 | 6 | 37 | 41 | −4 |
Qatar | 1 | 1 | 0 | 0 | 9 | 2 | +7 |
Ruminiya | 2 | 2 | 0 | 0 | 8 | 1 | +7 |
Serbiya | 12 | 10 | 1 | 1 | 35 | 20 | +15 |
Slovakiya | 6 | 5 | 0 | 1 | 29 | 12 | +17 |
Sloveniya | 10 | 9 | 1 | 0 | 37 | 12 | +25 |
Solomon orollari | 2 | 2 | 0 | 0 | 47 | 2 | +45 |
Ispaniya | 23 | 2 | 4 | 17 | 52 | 85 | −33 |
Tailand | 3 | 3 | 0 | 0 | 14 | 7 | +7 |
Turkiya | 3 | 3 | 0 | 0 | 16 | 1 | +15 |
Ukraina | 13 | 11 | 0 | 2 | 49 | 25 | +24 |
AQSh | 1 | 0 | 0 | 1 | 3 | 8 | −5 |
Urugvay | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 2 | −2 |
Oʻzbekiston | 1 | 1 | 0 | 0 | 4 | 2 | +2 |
Vyetnam | 4 | 3 | 1 | 0 | 19 | 7 | +12 |
Zambia | 1 | 1 | 0 | 0 | 13 | 1 | +12 |
Jami | 314 | 197 | 48 | 70 | 1246 | 671 | +575 |