Rotametr (lot. rotare — aylantirmoq va metr)— 1) suyuklik yoki gaz sarfi oʻlchanadigan asbob. R. konussimon vertikal naydan iborat. Suyuklik yoki gaz shu nayda pastdan yuqoriga harakatlanadi. Nay ichidagi qalqovuch oʻlchash paytida suyuklik yoki gaz bosimi taʼsirida maʼlum vaziyatni egallab, halkasimon tirqish hosil qiladi. Qalqrvuch egallagan vaziyatni shkalaga taqqoslab, modda sarfi aniqlanadi. Koʻrsatkichlarni uzoqdan turib aniqlash uchun induktiv datchik va ikkilamchi elektr asbob bor. R. neftni qayta ishlash, yogʻ zdlarida va boshqa sohalarda ishlatiladi; 2) mashina uzeli va asboblar detallari oʻlchamlari oʻlchanadigan pnevmatik asbob. Oʻlchash chegarasi 20 mkm dan 10 mm gacha; 3) matbaada qolip plastinalarining gʻadirbudirligi (mikrotekisligi) aniqlanadigan asbob.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil