Rotaprint (lot. roto — aylantiraman va ing. print — bosmoq) — ofset bosma usulida ishlaydigan ixcham bosma mashina. Xizmatga doir va axborot hujjatlarini, referatlar, byulletenlar va boshqa nashrlarni kichik tirajda koʻpaytirishda ishlatiladi. R.da matn va rasmlar tushirilgan yupqa metall zarqogʻoz (alyuminiy, ruxdan tayyorlangan) bosma qolip vazifasini oʻtaydi. Plastik materiallarga elektron yoʻl bilan koʻchirib ham qolip tayyorlanadi. Kdlipga kimyoviy ishlov berilgach, u R. silindriga mahkamlanadi. Undan qogʻozga nusxa koʻchiriladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil