Roza
Roza (lot. Rosa — atirgul) — aylana shaklidagi deraza. Roman uslubi va gotika meʼmorligidagi qurilishlarda koʻp qoʻllangan (12—15-asrlar). R.da romlar nur taratayotgan quyosh yoki atirgulga oʻxshatib ishlangan. Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasiga ishlangan R. hajmi — 12,9 m. Oʻzbekistonda 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida yevropacha tipdagi binolarda R. ishlatilgan[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |