Rosa Feola (1986-yil 21-mayda tugʻilgan) – italyan opera sopranosi .

Rosa Feola
Rosa Feola, 2020
Rosa Feola, 2020
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 21-may 1986-yil (1986-05-21) (38 yosh)
Janrlar opera
Kasbi soprano
Faoliyat yillari 2009-yildan hozirgacha
Fuqaroligi Italiya

Taʼlimi

tahrir

Feola Italyaning San-Nicola-la-Strada shahrida musiqaga mehri baland oilada dunyoga kelgan[1]. Taxminan 5 yoshida u amakivachchasi bilan birinchi pianino darsiga bordi va 6 yoshga yetganda u Coro dell’Accademiada va keyinchalik cherkov xorida qoʻshiq kuylashni boshladi[2][3]. Mara Naddei bilan birga tahsil olib, 2008-yilda Salerno qoʻshiqchilik yoʻnalishi bo'yicha birinchi darajadagi imtiyozli diplom bilan tamomlagan. U oʻqishni Santa Ceciliya akademiyasining opera studiyasida davom ettirdi va Renata Skotto, Anna Vandi va Cesare Scartonning mahorat darslarida qatnashdi[4].

Karyerasi

tahrir

Feola 23 yoshida Santa Ceciliya akademiyasida Kent Nagano qoʻl ostida Korinna (Il viaggio a Reims) rolida oʻzining operdagi ilk chiqishini qildi[5][6]. U Placido Domingoning 2010-yilgi Operalia koʻrgazmasida Ikkinchi darajali mukofot hisoblangan Zarzuela mukofotini va bundan koʻp oʻtmay Rolex mukofotini qoʻlga kiritib, xalqaro eʼtiborga tushdi[7].

Keyingi yili sanʼatkor Teatro dell’Opera di Romada Adina rolida[8], La Fenice Teatroda Susanna rolida[9] oʻzining opera akstrisasi sifatidagi ilk debyutini namoyish qildi. Eng muhimi, Riccardo Muti qoʻl ostida Mercadante ning I due Figaro qoʻshigʻining zamonaviy premyerasida Inez rolini kuylash edi, u oʻshandan beri u bilan uzoq vaqt hamkorlik qilib keladi[5][10]. Ravenna festivalidagi chiqishlari jonli ravishda efirga uzatilgan va keyinchalik Ducale yorligʻida eʼtirof etilgan[4].


Shaxsiy hayoti

tahrir

Feolaning shaxsiy hayotida 2015-yilda katta oʻzgarish boʻldi. U bariton Serxio Vitale bilan turmush qurgan boʻlib, turmush oʻrtogʻi ham Casertadan[1]. Rosa Feolaning ikkita ukasi bor: Karlo, bas-bariton va skripkachi Janluka[11]. Uning shaxsiy hayotida ham yaqinlarining koʻpi sanʼatga qiziquvchan insonlardir.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Il soprano sannicolese Rosa Feola convolerà a nozze con il baritono casertano Sergio Vitale“. Vivi Casagiove (2015-yil 1-dekabr). 2018-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Volker Hagedorn trifft Rosa Feola“. Opernhaus Zürich MAG65 p.46-47.
  3. Angela Lonardo. „Ricordi d’infanzia“. Il Mattino (Caserta edition) (2019-yil 9-iyun).
  4. 4,0 4,1 "Notes", I due Figaro, ℗© 2012 Ducale, DUC 045-47
  5. 5,0 5,1 Emiliano Metalli. „Il sorriso e la tenacia – Intervista a Rosa Feola“. Connessi all'Opera (2017-yil 12-iyul).
  6. „News dai Corsi“. Accademia Nazionale di Santa Cecilia. 2018-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Winners“. Operalia, The World Opera Competition.
  8. „L'elisir d'amore, Stagione 2010/2011“. Teatro dell'Opera di Roma.
  9. „Le nozze di Figaro, Venerdì 14 Ottobre 2011, ore 19:00“. L’Archivio Storico del Teatro La Fenice.[sayt ishlamaydi]
  10. „Saverio Mercadante • I due Figaro, o sia Il soggetto di una commedia“. Salzburger Festspiele.
  11. „Meine selbst gebackene Pizza ist wirklich fantastisch!“. Theaterjournal Theater Basel (2018-yil sentyabr), s. 20–21. 2018-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar

tahrir