Rozalinda Berngardovna Laut (1925.24.11, Odessa viloyati - 2013.11.9, Germaniya) — opera xonandasi (lirik-dramatik soprano) va pedagog. Oʻzbekiston xalq artista (1973). Diapazoni keng, kuchli va jozibador ovoz sohibasi. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1961). Hamza nomidagi musiqa bilim yurtida joʻrnavoz (1956— 64), Navoiy teatrida yakkaxon xonanda (1961—83). 1979—90 yillari Toshkent konservatoriyasida dotsent. Opera sahnasida Sanobar (M. Ashrafiy, "Shoir qalbi"), Floriya Toska (J. Puchchini, "Floriya Toska"), Nedda (R. Leonkavallo, "Masharabozlar"), Margarita (Sh. Guno, "Faust"), Tatyana, Liza (P. Chaykovskiy, "Yevgeniy Onegin", "Qargʻa motkasi"), Leonora, Aida, Yelizaveta (J. Verdi, "Trubadur", "Aida", "Don Karlos") kabi partiyalarni ijro etgan. Konsert repertuaridan Yevropa va ayrim Oʻzbekiston kompozitorlarining kamer musiqa asarlari oʻrin olgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil