Ruan
Ruan — Fransiyaning shim. qismidagi shahar. Dengiz boʻyi Sena departamentining maʼmuriy markazi va Normandiya tarixiy viloyatining bosh shahri. Aholisi 108,7 ming kishi (1999). Transport yoʻllari tuguni. Sena daryosi boʻyidagi dengiz porti. Mamlakatning yirik sanoat markazi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallurgiya, mashinasozlik (jumladan, kemasozlik), kimyo va neftni qayta ishlash sanoati korxonalari, unt, muzeylar bor. R. — qad. shahar. Shaharni mil. av. 1-asrda rimliklar, 5-asr da franklar bosib olgan. R.da 1431-yilda Janna D’Ark jazoga hukm qilingan va qatl etilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan NotrDam sobori (13— 16-asrlar), cherkovlar, Adliya saroyi (1508—09) va boshqa saqlangan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |