Rubʼi maskun (arab. — aholi yashaydigan chorak yer) — yunon va oʻrta asr Sharq fanida mavjud tarixiygeografik tushuncha. Qad. yunon olimlari yerning ular tasavvuridagi aholi yashaydigan obod qismini "eykumena" yoki "oykumena" (yunoncha "oykeo" — obod qilmoq) deb ataganlar. Oʻrta asrlarda Arab xalifaligida mazkur geografik tushuncha yunon ilmiy adabiyotining arabcha tarjimalari orqali "maʼmura" — obod (yerlar) va Rubʼi maskun shakllarida Sharq geogr.siga ham oʻtdi. Rubʼi maskun tushunchasining ishlatilish sababi shuki, yunon olimlari yer yuzini toʻrt chorakka boʻlganlar va shundan bir choragi obod, yaʼni odamlar yashashi uchun yaroqli, qolgan uchta chorakni esa, odatda suv deb taxmin qilganlar. Sharqfanidagi "maʼmura" yoki Rubʼi maskunni yunon fanidagi "oykumena" bilan aynan bir xil deb boʻlmaydi. Zero, tarixiy taraqqiyot jarayonida geografik tasavvurlar oydinlasha borib, yerning obod qismi haqidagi tushunchaga ham talaygina anikliklar kiritilgan. Keyingi davrda mazkur tushuncha yanada boyib bordi. Beruniy Rubʼi maskun tushunchasiga jiddiy oʻzgarish kiritgan va "Hindiston" asarida qolgan choraklarda ham quruqlik boʻlishi mumkinligini taʼkidlagan. Beruniy qayd etgan gʻarbdagi quruqlik alohida qitʼa (Amerika) ekanligi X. Kolumb sayohatidan soʻng amalda tasdiqlandi (yana qarang Yetti iqlim).

Omonullo Boʻriyev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil