Ruda (mineral hosila)
Ruda — tarkibida metall yoki uning birikmalari koʻp miqdorda boʻlgan tabiiy mineral hosilalar. Baʼzan nometall mineral xom ashyolar (asbest, barit, grafit, oltingugurt) ham Ruda deb yuritiladi. Ruda tabiiy boy va kambagʻal turlarga ajratiladi, shunga qarab uni boyitish zarurligi belgilanadi. Ruda bir foydali mineralli — monomineral yoki koʻp foydali mineralli — polimineral, jumladan, tarkibida sanoat ahamiyatiga ega boʻlmagan (yaʼni kam miqdorli) minerallar ham boʻladi. Tarkibida foydali yoʻldosh minerallar (komponentlar) boʻlganlari kompleks Rudalar deb yuritiladi. Rudaning tarkibida boʻlgan minerallar miqdoriga qarab silikatli, oksidli, sulfidli, karbonatli va aralash turlari farq qilinadi. Barcha tub choʻkindi, magmatik va metamorfik tog jinslari tarkibida boʻlgan Rudalar tub Rudalar deyiladi; dare, koʻl, dengiz va okean choʻkindilaridan olinadiganlari sochma Ruda deb yuritiladi. Qazib olish va qayta ishlash uchun Rudalarning qator xossalari ahamiyatga ega: kattikligi, darzliligi, hajmiy ogʻirligi, erish harorati, magnit va elektromagnitligi, elektr oʻtkazuvchanligi, radioaktivligi, erish va sorbsion xususiyatlari, granulometrik tarkibi va boshqa Bir joyda joylashib, atroflari esa boshqa togʻ jinslaridan iborat uyum Ruda tanasi (jism) deb ataladi va u turli (yapaloq, shtokverk, tomirsimon) shakllarga ega. Yaqin joylashgan bir nechta Ruda tanalari Ruda maydoni yoki konini hosil qiladi, Ruda koni bitta Ruda tanasidan iborat boʻlishi ham mumkin. Ruda konlari qora (temir, marganets, xrom, titan, vanadiy), rangli (mis, qoʻrgoshin, rux, nikel, surma), yengil (alyuminiy), noyob (qalay, volfram, molibden, simob, berilliy, litiy, tantal, niobiy), asl (oltin, platina, kumush), radioaktiv (uran, toriy, radiy), tarqoq (aktiniy, gafniy, galliy, germaniy, indiy, kadmiy, protaktiniy, reniy, rubidiy, selen, skandiy, talliy, tellur, seziy va boshqalar) va nodir metallar konlariga ajratiladi.
Bir nechta Ruda konlari katta masofaga choʻzilib joylashganda rudali mintaqa deb nomlanadi. Mas, Amerikaning Buyuk kumushli mintakasi Meksikadan Peru va Boliviyagacha davom etgan, Markaziy Afrikaning misli mintakasi Zambiya va Kongo Demokratik Respublikasida 450 km masofaga choʻzilib, 150 dan ortiq mis konlarini qamrab olgan; Janubiy Amerikaning misli mintaqasi 4 ming km ga choʻzilib, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Argentina, Chili mamlakatlarida joylashgan Ruda konlaridan iborat. Geografik va geologik jihatdan alohida ajralib turgan yakka yoki bir necha Rudali formatsiyalarga ega boʻlgan mintaqa Rudali rayon deb ataladi (Mas, Fargona surmasimob rni, AngrenOlmaliq rni, Kizilqum oltin Rudali rayoni).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |