Rudolf Vrba (1924-yil 11-sentyabr – 2006-yil 27-mart) – slovak-yahudiy biokimyogari. 1942-yilda oʻsmirlik chogʻida Germaniya tomonidan bosib olingan Polshadagi Osvensim konslageriga surgun qilingan. 1944-yil aprel oyida, Holokost avjiga chiqqan paytda lagerdan qochib ketadi va u yerda sodir boʻlgan ommaviy qotillik haqida batafsil maʼruza – Vrba-Wetzler hisobotini yozadi[1]. Shveysariyada Jorj Mantello tomonidan tarqatilgan hisobot 1944-yil iyul oyida Vengriya yahudiylarining Osvensimga ommaviy deportatsiyasini toʻxtatib, 200 000 dan ortiq odamning hayotini saqlab qolganligi tasdiqlangan. Urushdan keyin Vrba biokimyogar boʻlib oʻqidi va asosan Angliya va Kanadada ishlagan[2].

Rudolf Vrba
Tavalludi
Walter Rosenberg

11-sentyabr 1924-yil
Vafoti 27-mart 2006-yil(2006-03-27)
(81 yoshda)
Vankuver, Kanada
Fuqaroligi Britaniya (1966), Kanada (1972)
Kasbi Farmokolog, Biokimyogar
Turmush oʻrtogʻi
Gerta Vrbová (turm. 1947)

Robin Vrba (turm. 1975)
Bolalari 2

Nemis qoʻshinlari Vengriyaga bostirib kirganidan uch hafta oʻtib Vengriya aholisini ommaviy lagerga surgun qilinishi boshlangan. Vrba va uning hamkori Alfréd Wetzler Auschwitzdan qochib ketishga ulgurgan. Ularning 1944-yil 24-aprelda Slovakiyaga kelgan yahudiy amaldorga taqdim etgan maʼlumotlari Vrba–Wetzler hisoboti sifatida tanilgan[3]. 1944-yilda hisobot kechikishlar bilan New York Herald Tribune tomonidan chop etilgan va u AQSh tomonidan chiqarilgan eng daxshatli hujjat deya taʼriflangan[4]. Unda polshalik va boshqa qochqinlardan olingan maʼlumotlar ham tasdiqlangan. Miroslav Kárný bu hujjatni uzluksiz tavsilotlari bilan noyob ekanligini yozgan[5].

Hisobot Hukumat eʼtiborini jalb qilishigacha ancha vaqt kerak boʻlgan. Uning omma orasida keng tarqalishi uchun ham bir nechta hafta sarflangan. 1944-yilda Vnegriyalik yahudiylarni Auschwitzga tashish kuniga 12000 kishini tashkil qilgan[6]. Koʻpchilikni toʻgʻridan toʻgʻri gaz kameralariga yuborishgan. Vrba bu borada deportatsiya qilinganlar orasida poyezdga chiqishdan bosh tortganlar boʻlishi mumkinligi va hisobot ularga ham yetib borganda transportni buzishi ham mumkinligini takidlab oʻtgan[7].

1944-yil iyun-iyul oylarida Vrba-Vetzler hisoboti Qoʻshma Shtatlar, Yevropa, Shveysariya kabi mamlakatlarda tarqalib boshladi, gazeta va radio orqali maʼlum qilindi. Bu habar dunyo mamlakatlarini deportatsiyani toʻxtatish uchun murojjat qilish va yordam berishga undadi[8]. 2-iyunda Amerika va Britaniya harbiy kuchlari tomonidan Budapesht bombardimon qilindi. 6-iyulda Horthy deportatsiyalarni toʻxtatishga eʼlon berdi[9]. Bu vaqtda 434 000 dan ortiq yahudiy 147 ta poyezga deportatsiya qilinayotgan edi. Bu qaror orqali Budapeshtda 200 000 kishi hayoti qutqarib qolindi.

Manbalar

tahrir
  1. Hilberg 2003b, 1213.
  2. Ritchie, Méabh (22 January 2015). „The man who revealed the horror of Auschwitz to the world“. The Daily Telegraph.
  3. Świebocki 2002, 24–42, 169–274.
  4. „1944: German Atrocities: In our pages 100, 75 and 50 years ago“. International Herald Tribune (1944-yil 26-noyabr).
  5. Kárný 1998, 554.
  6. Kranzler 2000, 104.
  7. Vrba 2002, 279–282; Braham 2016b, 985, note 69.
  8. Fleming 2014, 238–246.
  9. Braham 2016b, 1028–1029.