Rugelax (idishcha: רוגעלך, rōgeleḵ) yahudiylarning kelib chiqishi polyak-ashkenaziycha boʻlgan pishirigʻi.[1] Isroilda juda mashhur, koʻpincha kafe va novvoyxonalarda uchraydi.[2] Amerikalik va yevropalik yahudiylar orasida ham mashhur shirinlik hisoblanadi.

Rugelax

Shokoladli rugelax
Turi Pishiriq

Anʼanaviy rugelax uchburchak xamirning ichiga masalliq solib oʻrash orqali yarim oy shaklida tayyorlanadi. Ichiga mayiz, xurmo, yongʻoq, dolchin, shokolad, marsipan, koʻknor urugʻi yoki murabbo solinishi mumkin.

Shtrudel yoki yongʻoqli ruletga oʻxshash muqobil shakli mavjud, lekin ulardan farqli oʻlaroq, pishirishdan oldin oʻralgan xamir va ichidagi kesib olinadi.[3]

Gallereya tahrir

Manbalar tahrir

  1. Joan Nathan, Joan Nathanʼs Jewish Holiday Cookbook , Schocken, 2004; page 284.
  2. Judith M. Fertig, All American Desserts , Harvard Common Press, 2003; page 135.
  3. Joseph Amendola and Nicole Rees, The Baker’s Manual , Wiley, 2003; page 223.