Murabbo
Murabbo — hoʻl meva, rezavorlar hamda shakardan tayyorlanadigan shirinlik. Ishlatiladigan meva turlariga qarab behi M., anjir M., nok M., olma M., uzum M., olxoʻri M., olcha M., qulupnay M., qovun M., sabzi M. va boshqa turlari bor. Behi M. — behi 4 ga boʻlinib, urugʻi olib tashlanadi, soʻngra eni 0,5 sm keladigan tilimchalar kesiladi va krzoniga solib ustidan koʻmib turadigan qilib suv quyiladi, bir qaynab chiqqach, chovli bilan suzib olinadi, sharbati suzgichdan oʻtkaziladi. Qozonga shakar solib ustidan behi sharbati quyiladi (1,2 kg shakarga 0,5 l sharbat) va kiyom kaynatiladi. Qaynab turgan qiyomga suzib olingan behi solinadi. M. 5—6 min. qaynagach, olovi pasaytiriladi va qiyom qizil tusga kirguniga kadar pishirish davom ettiriladi. 1 kg behiga 1,2 kg shakar kerak. Olxoʻri M. — yaxshi pishgan olxoʻrining bandlarini olib tashlab, issiq suvga 5—6 min. solib qoʻyiladi. Soʻngra olxoʻrining bir necha yeri teshiladi (baʼzan pichok, bilan oʻrtasidan tilinadi). Qiyom alohida tayyorlanadi. Issiq qiyomni olxoʻri ustidan quyib, 15—20 soat olib qoʻyiladi. Uchinchi marta qiyom meva bilan birga qaynatiladi. 1 kg olxoʻriga 1,2 kg shakar, 0,5 l suv, tayyor M.ga qoʻshish uchun 10—15 tomchi olxoʻri essensiyasi kerak.
M. pishirish uchun qiyomning sifati katta ahamiyatga ega. M. batamom pishgan boʻlsa, meva idish yuzasida qalqimasdan qiyom ichida bir tekis tarqaladi, qiyom esa tiniq tusga kiradi, sifatli qiyom tomchisi sovuq suvga tomizib koʻrilganda darrov erib ketmaydi. M. taʼmi va rangini yaxshilash uchun mevalar essensiyasi, limon kislotasi, vanilin, zaʼfaron va boshqa solinadi.
Adabiyot
tahrir- M ahmudov. K., Oʻzbek tansik, taomlari, T., 1989.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |