Ruhillo Sidqiy
Ruhillo Sidqiy [taxallusi; asl ismi Ruhillo Fatali oʻgʻli Oxundov; 1886.28.3 (9.4), Boku yaqinidagi Buzovna qishlogʻi — 1959.5.5, Boku] — ozarbayjon aktyori. Xalq artisti (1949). Ozarbayjon hamda yangi oʻzbek teatrining shakllanishida xizmati katta. 1924— 59 ylarda M.Azizbekov nomidagi Ozarbayjon davlat drama teatrida ishlagan. Gaji Qora („Gaji qora“), Faxriddin („Faxriddinning qaygʻusi“), Kajar („Vagif“), Nodir („Nodirshoh“), Qirol Lir, Yago, Otello, („Kirol Lir“, „Otello“) kabi obrazlar uning ijodida alohida oʻrin tutadi. U shuningdek, opera, operettalarda chiqqan bir qancha filmlarda suratga tushgan. 1916-yil Oʻzbekistonda boʻlib, oʻzbek havaskorlari bilan „Layli va Majnun“ spektaklini sahnalashtirib, oʻzi Majnun rolini ijro etgan. Keyinchalik ham u bir necha bor Oʻzbekistonda boʻlib, ijodiy hamkorlikni faol olib borgan. A.Avloniy, M. Uygʻur va boshqalar bilan ijodiy aloqada boʻlgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |