Ruhiy muvozanatsizlik holati
Ruhiy muvozanatsizlik holati – shaxslararo munosabatlarda sezilarli beqarorlik, oʻzlikni notoʻgʻri idrok etish va kuchli hissiy javoblar bilan tavsiflanadigan shaxsiyat buzilishi[1][2][3]. Ruxiy muvozanatsizlik tashxisi qoʻyilgan odamlar koʻpincha oʻzlariga zarar yetkazuvchi xatti-harakatlarni namoyon etadilar va asosan hissiy holatlarini sogʻlom, barqaror darajada boshqarish qiyinchiliklari tufayli xavf tugʻdiradigan harakatlarni amalga oshiradilar[4][5][6]. Ushbu simptomlar kuzatiladigan shaxslar orasida eng koʻp uchraydigan alomatlar dissotsiatsiya (voqelikdan ajralib qolish hissi), boʻshliq tuygʻusidir[7].
Kasallik, odatda, erta balogʻat yoshida namoyon boʻladi va turli vaziyatlarda davom etadi[8]. Ruhiy muvozanatsizlik holati koʻpincha, depressiya va ovqatlanishning buzilishi orqali yuzaga keladi[9][10]. Ruhiy muvozanatsizlik holati oʻz joniga qasd qilish xavfi bilan chambarchas bogʻliq[11][12]. Kasallangan insonlarning taxminan 8–10 foizi oʻz joniga qasd qiladi, ular orasida asosan erkaklar koʻpchilikni tashkil qiladi[13].
Belgi va alomatlari
tahrirRuhiy muvozanatsizlik holati, DSM-5 da koʻrsatilganidek toʻqqizta alohida alomatlar bilan namoyon boʻladi va bemorga tashxis qoʻyish uchun unda shu mezonlardan kamida beshtasi boʻlishi talab qilinadi.
Ruhiy muvozanatsizlik holatining oʻziga hos xususiyatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi: shaxslararo munosabatlarda va oʻz-oʻzini idrok etishda beqarorlik, boshqalarni haddan tashqari ideallashtirish va qadrsizlantirish oʻrtasida tez-tez oʻzgarishlar, kayfiyatning oʻzgaruvchanligi hamda kuchli hissiy reaksiyalarni boshqarishda qiyinchiliklar.
Qoʻshimcha alomatlarga oʻz shaxsiyati, qadriyatlari, axloq-odobi va eʼtiqodlari haqida shubha-gumonlar; stress holatida paranoid fikrlarning paydo boʻlishi; depersonalizatsiya holatlari; oʻrtacha va ogʻir holatlarda stress tufayli voqelikdan uzilish yoki psixoz epizodlari kirishi mumkin. Bundan tashqari, ruhiy muvozanatsizlik holati bilan kasallangan odamlarda depressiv yoki bipolyar buzilishlar, psixoaktiv moddalarni suiisteʼmol qilish, ovqatlanish tartibining buzilishi, post-travmatik stress holatining buzilishi va diqqat yetishmasligi kabi qoʻshimcha kasalliklar ham koʻp uchraydi[14].
Manbalar
tahrir- ↑ American Psychiatric Association 2013, ss. 645, 663–6
- ↑ „Borderline Personality Disorder“. NIMH. 2016-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-mart.
- ↑ "Borderline personality disorder and emotion dysregulation". Development and Psychopathology (Cambridge University Press) 31 (3): 1143–1156. August 2019. doi:10.1017/S0954579419000658. PMID 31169118. https://www.cambridge.org/core/product/identifier/S0954579419000658/type/journal_article. Qaraldi: 5 April 2020.Ruhiy muvozanatsizlik holati]]
- ↑ "The Role of Trauma in Early Onset Borderline Personality Disorder: A Biopsychosocial Perspective". Frontiers in Psychiatry 12: 721361. 23 September 2021. doi:10.3389/fpsyt.2021.721361. PMID 34630181. PMC 8495240. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=8495240.

- ↑ „Borderline Personality Disorder“. The National Institute of Mental Health (2017-yil dekabr). — „Other signs or symptoms may include: [...] Impulsive and often dangerous behaviors [...] Self-harming behavior [...]. Borderline personality disorder is also associated with a significantly higher rate of self-harm and suicidal behavior than the general public.“. 2023-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-fevral.
- ↑ „Borderline Personality Disorder“. NIMH. 2016-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-mart.
- ↑ American Psychiatric Association 2013, ss. 645, 663–6
- ↑ "Alcohol Use Disorder and Antisocial and Borderline Personality Disorders". Alcohol Research: Current Reviews 40 (1): arcr.v40.1.05. 2019. doi:10.35946/arcr.v40.1.05. PMID 31886107. PMC 6927749. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6927749.
- ↑ „Borderline Personality Disorder“. NIMH. 2016-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-mart.
- ↑ „Borderline Personality Disorder“. NIMH. 2016-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-mart.
- ↑ „Borderline Personality Disorder“. NIMH. 2016-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-mart.
- ↑ Sometimes I Act Crazy. Living With Borderline Personality Disorder. Wiley & Sons, 2004 — 206-bet. ISBN 978-0-471-22286-6.
- ↑ ((DSM-5 Task Force)). Diagnostic and Statistical Manual of Mental Disorders : DSM-5. American Psychiatric Association, 2013. ISBN 978-0-89042-554-1. OCLC 863153409. Qaraldi: 2020-yil 23-sentyabr.