Rum Mehmed posho masjidi
Rum Mehmed posho masjidi (turkcha: Rum Mehmet Paşa Camii) – Turkiyaning Istanbul shahridagi katta va aholi zich joylashgan Üsküdar (talaffuzi: Uskudar) tumanida joylashgan eski Usmonli masjidi.
Masjid | |
Mamlakat | Turkiya |
Istanbul | Üsküdar tumani |
Koordinatalar | 41°01′29″N 29°00′39″E / 41.024651°N 29.010859°E |
Masjid turi | masjid |
Meʼmoriy uslub | Usmonli meʼmorchiligi Vizantiya meʼmorchiligi |
Binokorlik | 1469—1471 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Rum Mehmed posho masjidi Vikiomborda |
Rum Mehmed posho masjidi Bosfor boʻgʻozi qirgʻogʻiga va Üsküdar tumanida joylashgan Şemsi posho, Yeni Valide va Mihrimah Sulton tarixiy masjidlariga yaqin hududda joylashgan. Yodgorlik Sharqiy Rim imperiyasining bosib olinishi va qulashi ortidan Usmonli imperiyasi davrida Osiyoda (Anadolu) qurilgan ilk masjid hisoblanadi[1].
Tarixi
tahrirMasjid 1471-yilda asli yunon millatiga mansub boʻlgan vazir Rum Mehmed Posho uchun qurilgan. Masjidni qurishda tosh va gʻishtdan foydalanilgan boʻlib, yodgorlik Usmonli va Vizantiya meʼmoriy elementlarni oʻzida mujassam etgan.
Rum Mehmed posho masjidi 1953-yilda qayta tiklangan.
Galereya
tahrir-
Rum Mehmed posho masjidi fasadi
-
Rum Mehmed posho masjidi jamoat maydoni
-
Rum Mehmed posho masjidi ichki qismi
-
Rum Mehmed posho masjidining orqa tomondan koʻrinishi
-
Rum Mehmed posho masjidining koʻchadan koʻrinishi
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Rumi Mehmet Paşa Cami İbadete Yeniden Açıldı“ (tr). erolkara.net Bilmek Gerek. 2023-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
Adabiyotlar
tahrir- Rum Mehmed Pasha Mosque at ArchNet.org
Havolalar
tahrir- Images of Rum Mehmed Pasha Mosque (Wayback Machine saytida 2020-11-13 sanasida arxivlangan)