Ruscha-oʻzbekcha lugʻat (1983–1984)
„Ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ (ruscha: Русско-узбекский словарь) — 1983–1984-yillarda chop etilgan ikki jildli ruscha-oʻzbekcha lugʻat. Lugʻatni Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi nashrga tayyorlagan. Oʻzbek sovet ensiklopediyasi Bosh redaksiyasida chop etilgan. Tahrir hayʼatiga Matyoqub Qoʻshjonov raislik qilgan. Lugʻat shu kungacha chiqarilgan eng keng koʻlamli ruscha-oʻzbekcha lugʻatlarning biri boʻlib, oʻzbeklar orasida rus tilining keng koʻlamda oʻrganilishiga hamda tarjimachilik sohasining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan.[1] Lugʻat kirill alifbosida yozilgan. 2013-yil lugʻatning yangi, qayta ishlangan nashri chop etildi.[2]
„Ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ 1-jildining titul beti | |
Asl nomi | Русско-узбекский словарь |
---|---|
Muharrir(lar) |
|
Til | rus, oʻzbek |
Janr(lar)i | lugʻat |
Nashriyot | Oʻzbek sovet ensiklopediyasi Bosh redaksiyasi |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi |
1983 (I jild) 1984 (II jild) |
Sahifalar soni |
808 (I jild) 800 (II jild) |
Lugʻatning birinchi jildiga 34 650, ikkinchi jildiga esa 32 170 soʻz kiritilgan. Lugʻatda soʻzlarga doir keng grammatik maʼlumotlar berilgan. Rus tilini oʻrganayotganlar uchun qiyinchilik tugʻdiradigan hollar va soʻzlarning grammatik formalari batafsilroq berilgan. Lugʻatda ekvivalent soʻzlar orqali tarjima asosiy oʻrin tutgan. Lugʻatda adekvat (aynan) tarjima mumkin boʻlmagan hollarda tushuntirishlardan foydalanilagan.
Jildlar
tahrirJild | Nashr yili | Jilddagi maqolalar qamrovi |
---|---|---|
I | 1983 | А — О |
II | 1984 | П — Я |
Lugʻatni tuzishda foydalanilgan adabiyotlar
tahrir„Ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ toʻrt jildli „Rus tili lugʻati“ga (ruscha: Словарь русского языка) (1957-61) asoslangan. Qoʻshimcha manbalar sifatida Sergey Ojegovning „Rus tili lugʻati“dan (ruscha: Словарь русского языка) (1973), „Rus tili lugʻati“ (ruscha: Словарь русского языка) nomli 17 jildli akademik lugʻatdan (1950-60), „Orfografik lugʻat“dan (ruscha: Орфографический словарь) (1980), „Radio va televideniye ishchilari uchun urgʻular lugʻati“dan (ruscha: Словарь ударений для работников радио и телевидения) (1971), „Maqol va matallar lugʻati“dan (ruscha: Словарь пословиц и поговорок) (1975), „Rus tilining frazeologik lugʻati“dan (ruscha: Фразеологический словарь русского языка) (1967), „Ruscha-qorachoy-bolqorcha lugʻat“dan (ruscha: Русско-карачаевско-балкарский словарь) (1965), „Ruscha-chuvashcha lugʻat“lardan (ruscha: Русско-чувашский словарь) (1975), shuningdek, „Ruscha-fincha lugʻat“ (ruscha: Русско-финский словарь) (1963), „Ruscha-rumincha lugʻat“ (ruscha: Русско-румынский словарь) (1967) va boshqalardan foydalanilgan.
Lugʻatni zamonaviylashtirishda „Yangi soʻzlar va maʼnolar“ (ruscha: Новые слова и значения) nomi bilan N. Z. Koteleva tahriri ostida nashr etilgan (1973, 1980, 1981) lugʻatlar katta rol oʻynagan.
Atamalarning maʼnolarini aniqlash uchun „Katta sovet ensiklopediyasi“dan (ruscha: Большая советская энциклопедия) (1969-78), „Sovet ensiklopedik lugʻati“dan (ruscha: Советский энциклопедический словарь) (1980) va „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“dan (1970-80) foydalanilgan.
Lugʻat ikki bosqichda tuzilgan. Avval rus tilining izohli lugʻatlari asosida ruscha soʻzlik ishlab chiqilgan. Soʻngra tayyor soʻzlik asosida lugʻat maqolalari tuzilgan.[3]
Lugʻat soʻzligi
tahrirLugʻat soʻzligini tuzishda OʻzSSR Fanlar akademiyasi A. S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti leksikologiya va leksikografiya boʻlimining kichik ilmiy xodimlari M. Alimova (З – qisman, Л, У), F. Konyusheva (Т, Х, Ч), D. Muhiddinova (Б, В, З – qisman, Ф, Ц, Ш, Щ), M. Yoqubova (А, Г, П – qisman), katta ilmiy xodimlari N. Alhamova (Д, И, Й, Э, Ю, Я, П – qisman), G. N. Mixaylov (Е, Ж) qatnashgan.
Soʻzlikning dastlabki tahririni N. Alhamova (А, Б, Г, Е, Ж, П – qisman), S. S. Kim (Л, М, Н, Р), G. N. Mixaylov (В, П – qisman, У), M. Abdurahimov (К, О, С, Т), D. H. Bozorova (Х, Ч, Ц, Ш, Щ, Э, Ю, Я), B. Joʻrayev (З, П – qisman, Ф) bajargan.[3]
Tuzuvchilar
tahrirLugʻat maqolalarini harflar boʻyicha OʻzSSR Fanlar akademiyasi A. S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti xodimlari S. Akobirov (А, Д, М, С), T. Aliqulov, (Л, Н, П, – па dan поветрие gacha), N. Alhamova (Э, Ю, Я), Zokir Maʼrufov (Б, Г, Ф, Ц), N. Mamatov (К, О), G. N. Mixaylov (Е, Ж), H. Yusufxoʻjayeva (И, Й, П – просаливать dan oxirigacha), R. Doniyorov (З, П – продавливать dan просаливать gacha, Т – третичный dan трогаться gacha), E. Umarov (В – восполниться dan oxirigacha, Т – тоннаж dan трансформизм gacha; трение dan третировать gacha; трогаться II dan тут gacha), Ergash Fozilov (В – верхами dan внакладку gacha), M. Abdurahimov (В – вне dan восполнить gacha), B. Xoʻjaxonov (Х, Ч, Ш, Щ, П – поветь dan подкурить gacha, Т – трансформирование dan трензельный gacha, тутовник dan oxirigacha), Gʻ. Neʼmatov (Р, В – boshlanishidan верх gacha), S. Qorayev (У, Т – boshlanishidan тонна gacha) tuzgan.[3][4] Ikkinchi jildning oxirida berilgan „Geografik nomlar“ roʻyxatini geografiya fanlari doktori, professor Hamidulla Hasanov tuzgan.[4]
Tahrirchilar
tahrirLugʻat maqolalarining dastlabki tahriri Zokir Maʼrufov (С, У, Ч, Э), T. Aliqulov (П, Р), N. Alhamova (А, Б, Д, Т, Ц), R. Doniyorov (Ф, Ш, Щ, Ю, Я), E. Umarov (Т), H. Yusufxoʻjayeva (И, Й, К, М, Х, Ч), B. Xoʻjaxonov (В) lar tomonidan bajarilgan.
Soʻzliklarni lugʻat talablari darajasida uzil-kesil tahrir qilish uchun maxsus redaktorlar (I tom boʻyicha S. S. Kim, II tom boʻyicha N. Alhamova) tayinlangan.
Frazeologiya va uning berilishini M. Abdurahimov[3] (I jild) va H. Yusufxoʻjayeva[4] (II jild) solishtirib, aniqlab chiqqan. Havola maqolalarni esa B. Joʻrayev tekshirgan.
Lugʻat qoʻl yozmasi ustida OʻzSE Bosh redaksiyasi xodimlari S. Sodiqov, D. Fayziyeva. B. Xoʻjaxonov, E. Shoahmedov, A. Karimova hamda Til, adabiyot va folklor ilmiy redaksiyasi mudiri P. Toʻrayev katta ilmiy-tahririy ishlarni bajargan.[3] Lugʻat ikkinchi jildining qoʻlyozmasiga G. N. Mixaylov ayrim tuzatishlar kiritgan.[4]
Lugʻatning I jildi S. Akobirov, II jildi N. Mamatov muharrirligida nashr etilgan. Tahrir hayʼatiga Matyoqub Qoʻshjonov raislik qilgan.
Texnik ishlarni bajarganlar
tahrirLugʻat qoʻlyozmasini tayyorlashdagi texnik ishlarni E. Umarov rahbarligi ostida N. Ikromova, F. Konyusheva, D. Muhiddinova, B. Joʻrayev, H. Ismoilov, SH. Halilova, M. Ortiqova, E. Eshonqulova, R. Shukurovlar bajargan.[3]
Elektron versiyalari
tahrir2014-yil „Ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ boshdan-oyoq Oʻzbekcha Vikilugʻatga maxsus bot yordamida qoʻshildi. Sahifa.tj saytida berilgan onlayn ruscha-oʻzbekcha lugʻatnda ham toʻlaligicha „Ruscha-oʻzbekcha lugʻat“dan foydalanilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „„Ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ sotuvga chiqarildi“. Gazeta (2013-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 15-yanvar.
- ↑ „Oʻzbekistonda eng katta ruscha-oʻzbekcha lugʻat chop etildi“. Daryo (2014-yil 1-may). Qaraldi: 2016-yil 15-yanvar.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 „Soʻz boshi“, Ruscha-oʻzbekcha-lugʻat (I jild). Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi Bosh redaksiyasi, 1983 — 9-10-bet.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 „Institutdan“, Ruscha-oʻzbekcha-lugʻat (II jild). Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi Bosh redaksiyasi, 1984 — 6-bet.