Zokir Maʼrufov

Shahriyor Ma'rufov

Zokir Maʼrufovich Maʼrufov (1912.1.3 - Toshkent - 1984.1.3) - tilshunos olim, lugʻatshunos. Oʻzbekistonda xizmat kursatgan oʻqituvchi (1972). Narimonov nomidagi Ped. texnikumini tugatgan (1931). Qashqadaryo viloyatida oʻqituvchilik qilgan (1931—32), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, direktor oʻrinbosari, dialektologiya va eksperimental fonetika, hozirgi zamon oʻzbek tili sektorlari (194751), lugʻat boʻlimi (1952— 84) rahbari.

Maʼrufov oʻrta maktab va bilim yurtlari uchun oʻzbek tilidan darslik va qoʻllanmalar yaratishda faol ishtirok etgan. Uning ishtirokida 5 jildli "Ruschaoʻzbekcha lugat" (1950—56), 1 jildli "Oʻzbekcharuscha lugʻat" (1959), 2 jildli "Oʻzbek tilining izohli lugʻati" (1981), 2 jildli "Ruscha-oʻzbekcha lugʻat" (1983—84), "Ruscha-oʻzbekcha soʻzlashgich" (1969), "Oʻzbekcharuscha soʻzlashgich" (1971) kabi ishlar yaratilgan. Maʼrufov ilmiy asarlari bilan Oʻzbekistonda leksikologiya va leksikografiya fanining rivojiga katta hissa qoʻshgan. Toshkentda A. Ikromov tumanidagi koʻchalardan biriga va Yunusobod tumanidagi 83maktabga Maʼrufov nomi berilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil