Ruslan Kireyev

sovet va rus yozuvchisi, Rossiya Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi

Ruslan Timofeyevich Kireyev (1941-yil 25-dekabr, Qoʻqon shahri, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — sovet va rus yozuvchisi, Rossiya Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Aleksey Maksimovich Gorkiy nomidagi adabiyot instituti professori[1], adabiyo boʻyicha bir qancha davlat mukofotlari sovrindori, 50 ta kitoblar muallifi. 19902000-yillari „Noviy mir“ jurnali nasr boʻlimi rahbari, 2010-yildan „Russkiy Buker“ (tarjimasi „Ruscha Buker“) mukofotining hakamlar hayʼati raisi. 1973-yildan KPSS aʼzosi.

Ruslan Timofeyevich Kireyev
Asl ismi ruscha: Руслан Тимофеевич Киреев
Tavalludi 25-dekabr 1941-yil (1941-12-25) (82 yosh)
Ijod qilgan tillari rus tili
Fuqaroligi

SSSR bayrogʻi SSSR

Rossiya bayrogʻi Rossiya
Taʼlimi Aleksey Maksimovich Gorkiy nomidagi adabiyot instituti (19621967)
Yoʻnalish sotsial realizm, psixologik nasr
Janr memuar, roman
Ilk asari Oshibki boga. Stixi (1962)
Mukofotlari Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligining tashakkurnomasi (2003-yil 14-oktyabr

Tarjimayi holi tahrir

Ruslan Kireyev 1941-yil 25-dekabr Oʻzbekiston SSR, Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahrida tavallud topgan[1][2]. Ilk ijodiy faoliyati 1958-yil 12-oktyabrda boshlagan[2]. Aynan mana shu payda mahalliy nashrlarda ilk sheʼrlari chop etila boshlangan[3]. 1959-yildan boshlab sheʼrlari Moskvadagi „Krokodil“, „Smena“, „Yunost“ gazetalarida nashr etila boshlanadi[3]. 1962-yili Qrimda birinchi sheʼriy toʻplami nashr etiladi[1]. Bu paytlari Kireyev avtomexanik boʻlib ishlayotgandi. 1962-yilda Aleksey Maksimovich Gorkiy nomidagi adabiyot instituti oʻqsihga kirib, mazkur institutni 1967-yilda „adabiyotchi“ (jurnalist) mutaxassisligi boʻyicha bitiradi[1][4]. Simferopoldagi „Krimskiy komsomoles“ gazetasining adabiy toʻgaragi aʼzosi boʻlgan boʻlib[3], bu toʻgarakka shoirlar Yegor Samchenko, Valdimir Lentsov, dramaturg Valentin Krimko (boshqa taxalluslari Gurevich, Pridatko) ham aʼzo boʻlishgan. Keyinchalik barchasi Moskvaga ketishadi hamda tez orada SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzolariga aylanishadi. Kireyev 50 ta asarlar yozgan boʻlib, shundan 19 tasi turli tillarga tarjima qilingan[2][4]. Kireyevning bir qancha asarlari davlat mukofotlari roʻyxatidan joy olgan, jumladan, 2008-yili „Bolshaya kniga“ milliy adabiyot mukofotining roʻyxatida „50 let v rayu“ asari, 2009 va 2012-yili „Yasnaya polyana“ mukofotining roʻyxatida „Pir v odinochku“ va „50 let v rayu“ kitoblari joy olgan[1][2].

Asarlari tahrir

  • Oshibki boga. Stixi (1962)
  • Lyudi-cheloveki. Sbornik rasskazov (1968)
  • Neudachniy den v tropikax (1977)
  • Posesheniye (1977)
  • Pobeditel. Apologiya (1980)
  • Moi lyudi (1980)
  • Podgotovitelnaya tetrad (1983)
  • I tut mi rasstanemsya s nimi (1984)
  • Rovno v sem u metro (1985)
  • Do svidaniya, Svetopol! (1988)
  • Avtomobili i dilijansы (1988)
  • Chetvyortaya osen (1989)
  • God lebedey (1989)
  • Izbrannoye (1996)
  • Muzi lyubvi (1996)
  • Lot iz Sodoma (2001)
  • Sestra moya smert (2002)
  • Velikiye smerti (2004)
  • Bogini Parnasa (2005)
  • 50 let v rayu. Memuari (2008)
  • Pir v odinochku (2012)

Mukofotlari tahrir

2003-yil 14-oktyabr kuni Kireyev milliy madaniyat sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati va adabiyot rivojidagi xizmatlari uchun Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligining tashakkurnomasi bilan taqdirlanadi[4].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „25 dekabrya sovetskomu pisatelyu Ruslanu Kireyevu ispolnyayetsya 80 let“ (rus tilida) (2021-yil 24-dekabr). 2023-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Kireyev Ruslan Timofeyevich“ (rus tilida). 2023-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-iyun.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Ruslan Timofeyevich Kireyev“ (rus tilida). 2023-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-iyun.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Kireyev Ruslan Timofeyevich“ (rus tilida). 2023-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-iyun.