Rustam Shatbievich Assakalov (1984-yil 13-iyulda tugʻilgan, Novorossiysk, Krasnodar oʻlkasi) — Adige yunon-rum kurashchisi, Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Osiyo va Osiyo oʻyinlari chempioni, jahon chempionatlari sovrindori.

Rustam Shatbievich Assakalov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi RossiyaOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 13-iyul 1984-yil (1984-07-13) (39 yosh)
Novorossiysk, Krasnodar oʻlkasi, RSFSR
Sport
Qaysi sport Yunon-rum kurash
Sport mukofotlari
Jahon chempionati
Kumush Las-Vegas 2015 85kg gacha
Bronza Nur-Sultan 2019 87kg gacha
Osiyo oʻyinlari
Oltin Inchxon 2014 85kg gacha
Kumush Djakarta 2018 87kg gacha
Osiyo chempionati
Oltin Deli 2013 84kg gacha
Kumush Ostana 2014 85kg gacha
Oltin Doxa 2015 85kg gacha
Bronza Nyu-Deli 2017 98kg gacha
Oltin Bishkek 2018 97kg gacha
Bronza Sian 2019 87kg gacha
Kumush Sian 2022 97kg gacha

Tarjimai hol tahrir

1984-yilda Novorossiyskda (SSSR) tugʻilgan. 2012-yilgacha Rossiya terma jamoasida ishtirok etadi, keyin Oʻzbekistonga koʻchib keladi. 2013-yilda  u Osiyo chempioni boʻladi. 2014-yilda Rustam Osiyo chempionati kumush medali sovrindori va Osiyo oʻyinlari chempioni boʻladi. 2015-yilda Asaakalov Osiyo chempioni, jahon chempionati kumush medali sovrindori boʻladi. 2016-yilda u Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadi, ammo u yerda kurashchi atigi 8-oʻrinni egallaydi. 2017-yilda Osiyo chempionati bronza medalini, shuningdek, Islom birdamlik oʻyinlarining bronza medalini ham qoʻlga kiritadi. 2018-yilda Osiyo chempionati va Osiyo oʻyinlarining kumush medali sovrindoriga aylanadi[1].

2019-yili Qozogʻistonda oʻtkazilgan Olimpiya oʻyinlari oldidan jahon chempionatida 87 kilogrammgacha vazn toifasida Rustam Assakalov bronza medali bilan birga yana milliy olimpiya qoʻmitasiga olimpiya yo'llanmasini ham olib kiradi[2].

Tokiodagi Olimpiya oʻyinlarida Rustam Assakalov chorak finalda magʻlub boʻladi. Hamyurtimiz xorvatiyalik Ivan Huklekka qarshi shohsupaga chiqib, murosasiz kurash 4:1 hisobida xorvatiyalik kurashchi foydasiga hal boʻladi[3].

 
Osiyo chempionati,2018-yil

Havolalar tahrir

Manbalar tahrir

  1. Азиатские игры: Рустам Ассакалов стал серебряным призером Kun.uz 22.08.2018
  2. Рустам Ассакалов - бронзовый призер чемпионата Азии Olamsport.com
  3. Досадные поражения: сразу несколько узбекистанцев завершили свое участие на ОИ в Токио uz.sputniknews.ru 03.08.2021