Rustamning yoyi. Dadamning oxirgi xati. Begona odam
„Rustamning yoyi. Dadamning oxirgi xati. Begona odam“ — tojik yozuvchisi Sattor Tursun, qozoq yozuvchisi Turgʻan Toʻxtamov hamda qirgʻiz yovuzchisi Junay Mavlonov qalamiga mansub qissa va hikoyalar toʻplami. 1986-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.[1] Toʻplamni Orziqul Ergashev tuzgan.
Muallif(lar) |
Sattor Tursun Turgʻan Toʻxtamov Junay Mavlonov |
---|---|
Til |
oʻzbek qozoq qirgʻiz |
Janr(lar)i | qissa va hikoyalar |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1986 |
Sahifalar soni | 288 |
Sattor Tursunning „Rustamning yoyi“ qissasida asar bosh qahramonlarining sevgisi, kishilarning bir-biriga munosabati, turmush tarzi togʻlar orasidagi sovxoz misolida tasvirlansa, Turgʻan Toʻxtamovning „Dadamning oxirgi xati“da Ikkinchi jahon urushi davrida front ortida yashagan yoshlarning kurashi va mehnati haqida soʻz yuritiladi. Shuningdek, toʻplamga kirgan Junay Mavlonov hikoyalarining bosh mavzusi Oʻrta Osiyo xalqlari oʻrtasidagi doʻstlikdir.
Toʻplamni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: E. Mirobidov – muharrir, D. Oʻrazayev – rassom, R. Zufarov – rasmlar muharriri, U. Kim – texnik muharrir, M. Nabiyeva, M. Tojiyeva – musahhihlar. Kitob adadi – 30 000 nusxa.
Qissa va hikoyalar
tahrir„Rustamning yoyi“, Sattor Tursun (Jamol Sharopov tarjimasi)
- „Rustamning yoyi“
„Dadamning oxirgi xati“, Turgʻan Toʻxtamov (Sh. Soatova tarjimasi)
- „Dadamning oxirgi xati“
„Begona odam“, Junay Mavlonov (Tursunboy Adashboyev tarjimasi)
- „Non“
- „Bekish, senga nima boʻldi?“
- „Jangchining koʻz yoshlari“
- „Alyosha, Alyosha!“
- „Tovussifat odam“
- „Misgar“
- „Momo“
- „Sartboy“
- „Qoʻlingni ber“
- „Sirli toʻshak“
- „Nikohsiz kelin“
- „Kechirasiz“
- „Et yemas Estebesov“
Manbalar
tahrir- ↑ „Rustamning yoyi“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 24-sentyabr.