Rustamov Oʻzbek Aʼzamovich – (1926 – 2011) Toshkent shahrida tugʻilgan. SAGU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining Xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi boʻlimining 1950-yil bitiruvchisi. HindshunoslikSharqshunostarixchi-hindshunos, tarix fanlari nomzodi, diplomat.

1950 – 1953-yillarda O'zFA SHI aspiranti; 1953-yildan mazkur institutda kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim; Oʻz TIV da vazir yordamchisi (1956 – 1959); Protokol-konsullik boʻlimining mudiri (1959 – 1960), vazir oʻrinbosari (1960 – 1970). 1970 – 1980-yillarda OʻzKP MK Informatsiya va Xorijiy aloqalar boʻlimi mudiri; 1980 – 1989-yillarda SSSR Ministrlar soveti qoshidagi Diniy ishlar boʻyicha Kengashning OʻzR dagi muxtor Vakili; Nafaqaga chiqqach, KPSS qoshidagi Ijtimoiy fanlar akademiyasining Ilmiy ateizm instituti respublikalararo Toshkent filialida katta ilmiy xodim (1990 – 1991). 1991 – 1993-yillarda Oʻzbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarini muhofaza qilish jamiyatida Rais oʻrinbosari; 1993 – 1994-yillarda „Kramds-Dost“ korporatsiyasida tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha prezident muovini; 1994-yildan umrining oxirigacha AQSHning „Interkon-septs inkorporeyted“ kompaniyasining OʻzRdagi Vakolatxonasida bosh vakil. 15 dan ortiq xorijiy mamlakatlarda xizmat safarida boʻlgan. Bir qator davlat orden va medallari sohibi. Bir necha bor (1965, 1974, 1976 va 1984-y.) Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi „Faxriy yorliq“lari bilan taqdirlangan. 1 klass maslahatchisi degan diplomatlik unvoniga sazovor boʻlgan.

Ilmiy yoʻnalishi – mamlakatshunoslik, Hindiston tarixi. 4 monografiya hamda 50 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop ishlar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiya va uchrashuvlar ishtirokchisi. BMT EKADV ning Milanda oʻtkazilgan XIX sessiyasida, EKOSOSning Jenevada oʻtkazilgan 37-sessiyasida, EKAning Nayrobidagi 37-sessiyasida Sovet Ittifoqi delegatsiyasi aʼzosi boʻlgan. Asosiy ilmiy ishlari:

Nomz. diss. mavzusi: „Prigindukushskiye knyajestva severnoy Indii v konse XIX – nachale XX vv.“ – T., 1954.

1. Anglya agressiya na granitsax Pamira v konse XIX veka // Sb. studench. rabot SAGU. – Tashkent, 1951. -Vip. 2. – S. 51 – 61.

2. Panislanizm na slujbe amerikano-angliyskix imperialistov // Zvezda Vostoka. – Tashkent, 1953. – № 5. – S. 110 – 124.

3. Oʻrta Sharq qoʻmondonligi va uning agressiv mohiyati // Sharq yulduzi. – Toshkent, 1953. – № 8. – B.107 – 116.

4. „Srednovostochnoye komandovaniye“ i yego agressivnaya sushnost // Zvezda Vostoka. – Tashkent, 1954. – S. 69 – 78.

5. Panislamizm va uning reaksion mohiyati // Sharq yulduzi. – Toshkent, 1954. –№ 4. – B.107 – 116.

6. Ot agressivnix blokov k dvustoronnim soglasheniyam // Zvezda Vostoka. – Tashkent, 1954. – № 4. – B.76 – 84. 7. Iz istorii angliyskoy agressii na granitsax Pamira v konse 80x i nachale 90-x gg. XIX veka // Trudi Instituta Vostokovedeniya AN UzSSR, Vipusk P. – Tashkent, 1954. – B.70 – 78.