Rustaq tumani, Afgʻoniston
Rustaq tumani — Afgʻoniston shimolida joylashgan Tahor viloyatiga qarashli tuman. Tuman markazi — Rostaq shahri[1]. 2020-yilda Tolibon nazoratidagi tumanlardan farqli ravishda[2][3] Rustaq hukumat nazorati ostida boʻlgan. Biroq, tumanda noqonuniy qurollangan odamlar bilan bogʻliq bir qancha muammolar yuzaga kelgan[4][5].
Rustaq | |
---|---|
tuman | |
37°8′30″N 69°48′16″E / 37.14167°N 69.80444°E | |
Mamlakat | Afgʻoniston |
Aholisi (2015) |
6,5 |
|
Geografiyasi
tahrirRustaq 1915 kvadrat kilometr maydonga ega boʻlib, bu nisbat Maui oroli maydoniga teng[6]. Tuman hududidan Rustaq daryosi oqib oʻtib, Panj daryosiga quyiladi[7], undan tashqari boshqa kichik daryolar Kokcha daryosiga quyiladi[1][8].
Joylashuv
tahrirRustaq tumani 12 ta tuman bilan chegaradosh. Shimoldan soat yoʻnalishi boʻyicha yoʻnalganda Chah Ab tumani, Shahri Buzurg tumani, Argo tumani, Tishkan tumani, Kishim tumani, Kalafgon tumani, Taluqan tumani, Hazar Sumuch tumani, Khwaja Ghar tumani, Dashti Qala tumani, Xoja Bahouddin tumani va Yangi Qala tumani bilan chegaradosh. Shahri Buzurg, Argo, Tishkan va Kishim tumanlari Badaxshon viloyatida joylashgan boʻlib, qolgan barcha tumanlar Takhar viloyati bilan chegaradosh. Taluqan tumani markazi Taloqan shahri hisoblanadi[9].
Uning shimoli va gʻarbidagi koʻplab tumanlar Tolibon nazorati ostiga olinadi, ammo Rustaq tumani bundan mustasno[3].
Demografiyasi
tahrirRustaqda jins nisbati har 100 ayolga 102 erkak toʻgʻri keladi. Yaʼni ayollarga qaraganda erkaklar 2% koʻproq. Oʻrtacha yoshi 16,1 yosh. Tumanda 30 mingga yaqin xonadon boʻlib, u yerda istiqomat qiluvchilarning soni 6,5 kishini tashkil qiladi.
Aholining asosiy qismi Rustaq daryosi boʻyida yashaydi[10].
Iqtisodiyot
tahrirTuman aholisining asosiy qismi dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Asosiy ekinlari bugʻdoy, makkajoʻxori, shakarqamish va noʻxat hisoblanadi. Qishloq xoʻjaligida erkaklar ham, ayollar ham ishlaydi. Biroq, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish koʻrsatkichi past. Chunki tumanda qishloq xoʻjaligi ish qurollari, malakali mutaxassis va mahsulot saqlanadigan omborxonalar mavjud emas. Bundan tashqari, har xil qurolli guruhlar moddiy resurslarni noqonuniy ravishda oʻzlashtirib, ulardan foydalanadilar.
Rustaqda toʻquvchilik, tikuvchilik, oʻrmonchilik va konchilik iqtisodiy jihatdan muhim faoliyat hisoblanadi. Biroq, kadrlar tayyorlash dasturining mavjud emasligi, resurslardan foydalanishda maʼlum boshqaruv organining yoʻqligi va hunarmandchilik boʻyicha xalqaro savdoning rivojlanmaganligi ushbu sohalardagi asosiy muammolardir.
Rustaqda ishsizlik darajasi taxminan 55% ni tashkil qiladi. Ishsizlar orasida erkaklar ayollarga nisbatan 8 baravar koʻproq. Tuman aholisining qariyb 8% ini migrantlar tashkil qiladi.
Taʼlim va sogʻliqni saqlash
tahrirRustaqda oʻgʻil-qizlar uchun 47 ta boshlangʻich maktab, oʻrta maktab, savodxonlik kurslari, litseylar mavjud. Biroq, taʼlim olish uchun binolar, materiallar va pul yetishmaydi. 15-24 yoshdagi aholining uchdan bir qismigina oʻqiy oladi. Tumanning maktab yetishmaydigan hududlari 89%. Erkaklar ayollarga qaraganda koʻproq taʼlim olishadi.
Shuningdek, tumanda 6 ta poliklinika faoliyat olib boradi va u yerda shifokorlar, hamshiralar, oʻrta maxsus taʼlimga ega tibbiyot xodimlari ishlaydi. Biroq malakali shifokorlar va tibbiy dori vositalari yetishmaydi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Map of Rustaq“. aims.org.af. 2011-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2020-yil.
- ↑ „Quarterly Report to the United States Congress“. SIGAR (2019-yil 30-yanvar). Qaraldi: 15-iyul 2020-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „Mapping Taliban Control“. longwarjournal.org. Qaraldi: 15-iyul 2020-yil.
- ↑ Zahra Rahimi. „Afghan MP's brother accused of bullying“. tolonews.com. Tolo News (9-iyul 2020-yil). Qaraldi: 15-iyul 2020-yil.
- ↑ TOLOnews. „Takhar Residents Push Govt to Curb Armed Men“. tolonews.com. Tolo News (7-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 15-iyul 2020-yil.
- ↑ „Island Directory Tables: Islands by Land Area“. United Nations Environment Program (18-fevral 1998-yil). 2015-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2020-yil.
- ↑ „Summary of the North Takhar Placer Gold Area of Interest“. usgs.gov. Qaraldi: 10-avgust 2020-yil.
- ↑ „Rostaq“. google.com/maps. Qaraldi: 15-iyul 2020-yil.
- ↑ „AFGHANISTAN ADMINISTRATIVE DIVISIONS“. 2010-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2020-yil.
- ↑ Chornak. „Geohydrologic Summary of the North Takhar Gold Placer Area of Interest“. usgs.gov. Qaraldi: 10-avgust 2020-yil.
Adabiyotlar
tahrir- Peters, S. G., King, T. V.V., Mack, T. J., and Chornack, M. P., eds., and the U. S. Geological Survey Afghanistan Mineral Assessment Team, 2011, Summaries of important areas for mineral investment and production opportunities of nonfuel minerals in Afghanistan: U. S. Geological Survey Open-File Report 2011-1204, 1,810 p. plus appendixes on DVD. (Also available at https://pubs.usgs.gov/of/2011/1204/ and on DVD.)