Ruta (Ruta) — toshbaqatol oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Koʻp yillik oʻt va chala buta. 60 ga yaqin turi bor, asosan, Oʻrta dengiz atrofida uchraydi. Bargi 2—3 marta patsimon qirqilgan, ketmaket joylashgan. Gullari sargʻishyashil, mayda, toʻpguli roʻvaksimon. Mevasi dumaloq koʻsak. Quritilmagan P. zaharli boʻlib, yoqimsiz hidi bor. Quritilgan gullari atirgul hidini eslatadi. Yer ustki qismi tarkibida efir moyi (0,1—0,15%), rutin va boshqa moddalar bor. Dorivor oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil