Ruth Metzler (1964-yil 23-may, Arnold kantonida tugʻilgan) — 1999-2003-yillarda Shveysariya Federal Kengashi aʼzosi boʻlgan shveysariyalik siyosatchi. Xristian Demokratik Xalq partiyasi (CVP/PDC) aʻzosi, u Federal Adliya va Politsiya departamentini boshqargan.

Ruth Metzler
Shveysariya vitse-prezidenti
Mansab davri
1-yanvar 2003-yil – 31-dekabr 2003-yil
Prezident Pascal Couchepin
Oʻtmishdoshi Pascal Couchepin
Vorisi Samuel Schmid
Shveysariya Federal Kengashi
Mansab davri
1-may 1999-yil – 31-dekabr 2003-yil
Oʻtmishdoshi Arnold Koller
Vorisi Christoph Blocher
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 23-may 1964-yil (1964-05-23) (60 yosh)
Sursee, Shveysariya
Siyosiy partiyasi Xristian-demokratik xalq partiyasi
Turmush oʻrtogʻi
  • Lukas Metzler
    (turm. 1991; ajr. 2010)
    [1]
  • Stephan Zimmermann (turm. 2015)
    [1]
Alma mater Fribourg Universiteti

Biografiya

tahrir

Siyosiy faoliyati

tahrir

Fribourg universitetida tahsil olgan Metzler 1996-yildan 1999-yilgacha Appenzell Innerroden kantonida moliya boʻyicha kantonal ijrochi boʻlib ishlagan.

U 1999-yil 11-martda Xristian Demokratik Xalq partiyasi aʻzosi sifatida Shveysariya Federal Kengashiga saylangan. Metzler Federal Adliya va Politsiya Departamentida Arnold Kollerning oʻrniga 1-mayda lavozimga kirishdi. U hokimiyatda bo'lgan davrida 14 ta referendumda g'alaba qozondi. 2003-yil 1-yanvarda u Shveysariya Konfederatsiyasi vitse-prezidenti lavozimini egalladi.

2003-yil 10-dekabrda u Shveysariya Federal Davlati tarixida qayta saylanmagan uchinchi Federal Kengash aʼzosi boʻldi. 2003-yilgi Federal Majlis saylovlarida uning partiyasi ko'plab saylovchilarni yo'qotdi va Shveysariya Xalq partiyasi (SVP/UDC) Shveysariyaning eng yirik partiyasiga aylandi. Shundan so‘ng Shveysariya Xalq partiyasi Federal Kengashda boshqa o‘rin so‘radi. 10-dekabrda bo'lib o'tgan Federal Kengashga saylovlarda Federal Majlis Metzlerni qayta saylamadi va uning o'rniga 121 ovoz bilan Kristof Blocherni sayladi, uchinchi tur ovoz berishda 116 qarshi ovoz berildi. U o'zining CVP partiyasidagi hamkasbi Jozef Deissni o'z o'rniga nomzod qilib ko'rsatdi, biroq 138 ovozdan 96 qarshi ovoz bilan yutqazdi. Metzler o'z o'rnini yil oxirigacha saqlab qoldi va Kristof Blocher 2004-yil 1-yanvarda uning o'rnini egalladi.

Siyosatdan keyin

tahrir

U o'sha yillar xotiralarini "Grissini & Alpenbitter" sarlavhasi ostida yangi kitob nashr etdi, 2004, ISBN 3-85882-388-0. U 2004-yilning fevral-iyul oylari orasida Sankt-Gallen universitetida “Siyosatda Gestaltungsmöglichkeiten” deb nomlangan fandan dars bergan. Bu fanni o'zbekchaga “Siyosiy idoralar dizayni” deb tarjima qilish mumkin. 2005-yil aprel oyidan buyon Shveysariyaning Novartis farmatsevtika kompaniyasida ishlaydi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Sie sagte Ja zu ihrem Banker“ (de). Blick (2015-yil 3-avgust). 2015-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.

Tashqi havolalar

tahrir
Siyosiy idoralar
Oldingisi Shveysariya Federal Kengashi a'zosi
1999–2003
Keyingisi
Shveysariya Adliya va Politsiya Departamenti
1999–2003
Oldingisi Shveysariya vitse-prezidenti
2003
Keyingisi