Ruziboy Normaxmatov
Ruziboy Normaxmatov - 1949 yil, Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida tugʻilgan. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Servis kafedrasi professori.
Ruziboy Normaxmatov | |
---|---|
Tavalludi |
1949-yil Boysun tumani, Surxondaryo viloyati |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | Pedagog |
Ish joylari | Samarqand iqtisodiyot va servis instituti |
Ilmiy darajasi | Texnika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | Professor |
Mukofotlari | Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 va 30 yilligi koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan. |
Mehnat faoliyati
tahrir- 1966-1970 yy. – Samarqand kooperativ instituti talabasi
- 1970-1973 yy. – Samarqand kooperativ instituti oziq-ovqat tovarshunosligi kafedrasi assistenti
- 1973-1977 yy. – Moskva kooperativ insituti aspiranti
- 1977-1993 yy. – Samarqand kooperativ instituti oziq-ovqat tovarshunosligi kafedrasi assistenti, katta oʻqituvchisi
- 1993-1995 yy. – Samarqand kooperativ instituti ilmiy boʻlimi boshligʻi
- 1995-1996 yy. – Samarqand kooperativ instituti tovarshunoslik-texnologiya fakulteti dekani
- 1996-2001 yy. – Samarqand kooperativ instituti tovarshunoslik va tovar ekspertizasi kafedrasi katta ilmiy xodimi, dotsenti
- 2001-2002 yy. – Samarqand kooperativ instituti magistratura boʻlimi boshligʻi
- 2002-2004 yy. – Samarqand kooperativ instituti marketing kafedrasi mudiri
- 2004-2013 yy. – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi mudiri
- 2013-2016 yy. – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi dotsenti
- 2016-2019 yy. – Samarkand iqtisodiyot va servis instituti xizmatlar koʻrsatish, servis va uni tashkil etish kafedrasi dotsenti
- 2019-2020 yy. – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis kafedrasi professori vazifasini bajaruvchisi
- 2020 y. hozirga qadar – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis kafedrasi professori[1]
Ilmiy faoliyati
tahrirRuziboy Normaxmatov jami hajmi 490 bosma taboq shundan 280 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy, oʻquv, oʻquv-uslubiy, amaliy ishlarni nashr qildirgan, shulardan 2 tasi monografiya, 7 tasi darslik (3 tasi hammualliflikda), 6 tasi oʻquv qoʻllanma (1 tasi hammualliflikda), 2 ta ixtiroga patent olingan, 90 dan ortiq ilmiy maqolalar va 80 ga yaqin oʻquv-uslubiy ishlar chop etgan. Ruziboy Normaxmatov hamdoʻstlik davlatlari oliy taʼlim muassasalarida oʻtkazilgan xalqaro maqomiga ega boʻlgan ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashib 1 darajali gʻoliblik diplomini qoʻlga kiritgan. Bugungi kunda uning rahbarligida 3 nafar mustaqil tadqiqotchilar, 1 nafar doktorant „Qishloq xoʻjalik va oziq- ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari“ mutaxassisligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib bormoqda. R.Normaxmatov 15 dan ortiq magistrantlarga rahbarlik qilgan. U turli oliy taʼlim muassasalarida oʻtkazilgan xalqaro va respublika maqomiga ega boʻlgan ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashib, marketing va oziq-ovqat tovarlarining sifati va xavfsizligi muammolari boʻyicha maʼruzalar qilgan, institutda oʻtkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlar materiallarini chop etishda mas’ul muharrir sifatida ham faol ishtirok etib kelmoqda.[2]
Manbalar
tahrir- ↑ [https//:sies.uz „https//:sies.uz“].
- ↑ „https://sies.uz“.