Ryan Walter
Ryan William Walter (talaffuzi: Rayan Uilyam Uolter, 1958-yil 23-aprelda tugʻilgan) — professional xokkeyning markaziy oʻyinchisi boʻlib, Canada Milliy Xokkey Ligasida 15 mavsum oʻynagan. U, shuningdek, Vancouver Canucks jamoasida yordamchi murabbiy, Canada milliy ayollar xokkey jamoasi bosh murabbiyi, xokkey telekompaniyasi va Amerika Xokkey Ligasining Abbotsford Heat prezidenti boʻlgan.
Tugʻilgan joyi |
23-aprel 1958-yil New Westminster, British Columbia, Canada | ||
---|---|---|---|
Boʻyi | 6 ft 0 in (183 cm) | ||
Ogʻirligi | 195 lb (88 kg; 13 st 13 lb) | ||
Pozitsiyasi | Markaziy oʻyinchi | ||
Maydondagi joylashgan oʻrni | Chap qanot | ||
Oʻynagan jamoalari |
inglizcha: Washington Capitals inglizcha: Montreal Canadiens inglizcha: Vancouver Canucks | ||
Milliy jamoa | Kanada | ||
NHLga kirish drafti |
2-oʻrin, 1978 inglizcha: Washington Capitals | ||
Jamoalardagi faoliyat | 1978—1993 |
Yoshligi
tahrirWalter Britaniya Kolumbiyasining New Westminster shahrida tugʻilgan. Ammo Britaniya Kolumbiyasining Burnaby shahrida oʻsgan.1971-yilda u Quebecda boʻlib oʻtgan Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida Burnabyning kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan[1].
NHLdagi faoliyati
tahrirWalter 1978-ylgi NHL Amateur draftida Washington Capitals jamoasi tomonidan tarkibga qoʻshib olingan. Capitals jamoasi uni ikkinchi mavsumda jamoa sardori etib tayinlagan. U NHL tarixidagi bu lavozimni egallagan eng yosh xokkeychi boʻlgan. Walter 1982-yilda blokbaster savdosida Monreal Canadiens jamoasiga sotilgan. U Doug Jarvis, Rod Langway, Craig Laughlin va Brian Engblom evaziga Rick Green bilan birga Monreal jamoasiga transfer qilingan. Canadaliklar 1986-yilda Stanley kubogi sohibi boʻlgan va Walterning ismi kubokka oʻyib yozib qoʻyilgan. 1989-yilgi Stanley kubogi finalida u 3-oʻyinning ikkinchi qoʻshimcha vaqtida gol urib, Canadaliklar 2:1 hisobida oldinga oʻtib olishini taʼminladi. 1991-yilda u Vancouver Canucks bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolagan. U Canucksda oʻz faoliyatining soʻnggi ikki mavsumini oʻynadi va 1992-yilda BudweiserNHL yilning eng yaxshi odami mukofotini qoʻlga kiritdi. U qattiqqoʻl, mehnatkash xokkeychi sifatida tanilgan. Walter, shuningdek, NHLPA vitse-prezidenti lavozimida ham ishlagan[2].
Murabbiylik faoliyati
tahrir2008-yilning 17-iyunida Walter Vancouver Canucks jamoasiga Alain Vigneault oʻrniga yordamchi murabbiy etib tayinlandi. U 2009—2010-yilgi mavsumdan soʻng u ishdan boʻshatildi. 2010-yil 21-sentyabrda Walter 2010-yilgi Toʻrt Millat Kubogida oltin medalni qoʻlga kiritgan Canada ayollar xokkey jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi.
2011-yildan 2014-yilgacha Walter Amerika Xokkey Ligasining Abbotsford Heat prezidenti hamda Calgary Flamesning kichik liga filiali direktori boʻlib ishlagan[3][4].
Shaxsiy hayoti
tahrirWalter motivatsion maʼruzachi, bir nechta kitoblar muallifi hisoblanadi. U hozirgi kunda xokkeydagi tajribasidan biznes va muvaffaqiyatga erishish uchun foydalanadi.
Faoliyat statistikasi
tahrirDoimiy mavsum va pley-off oʻyinlari
tahrirGP | Oʻynalgan oʻyinlar | G | Gollar | A | Uzatmalar | Pts | Jamoa toʻplagan ochkolari | PIM | Penalti uchun belgilangan daqiqalar |
Doimiy mavsum | Pley-off | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Jamoa | Liga | GP | G | A | Pts | PIM | GP | G | A | Pts | PIM | ||
1973—1974 | Langley Lords | BCHL | 62 | 40 | 62 | 102 | — | — | — | — | — | — | ||
1973—1974 | Kamloops Chiefs | WCHL | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | — | — | ||
1974—1975 | Langley Lords | BCHL | 52 | 32 | 60 | 92 | 111 | — | — | — | — | — | ||
1974—1975 | Kamloops Chiefs | WCHL | 9 | 8 | 4 | 12 | 2 | 2 | 1 | 1 | 2 | 2 | ||
1975—1976 | Kamloops Chiefs | WCHL | 72 | 35 | 49 | 84 | 96 | 12 | 3 | 9 | 12 | 10 | ||
1976—1977 | Kamloops Chiefs | WCHL | 71 | 41 | 58 | 99 | 100 | 5 | 1 | 3 | 4 | 11 | ||
1977—1978 | Seattle Breakers | WCHL | 62 | 54 | 71 | 125 | 148 | — | — | — | — | — | ||
1978—1979 | Calgary Wranglers | WHL | 2 | 0 | 1 | 1 | 0 | — | — | — | — | — | ||
1978—1979 | Washington Capitals | NHL | 69 | 28 | 27 | 55 | 70 | — | — | — | — | — | ||
1979—1980 | Washington Capitals | NHL | 80 | 24 | 42 | 66 | 106 | — | — | — | — | — | ||
1980—1981 | Washington Capitals | NHL | 80 | 24 | 45 | 69 | 150 | — | — | — | — | — | ||
1981—1982 | Washington Capitals | NHL | 78 | 38 | 49 | 87 | 142 | — | — | — | — | — | ||
1982—1983 | Montreal Canadiens | NHL | 80 | 29 | 46 | 75 | 40 | 3 | 0 | 0 | 0 | 11 | ||
1983—1984 | Montreal Canadiens | NHL | 73 | 20 | 29 | 49 | 83 | 15 | 2 | 1 | 3 | 4 | ||
1984—1985 | Montreal Canadiens | NHL | 72 | 19 | 19 | 38 | 59 | 12 | 2 | 7 | 9 | 13 | ||
1985—1986 | Montreal Canadiens | NHL | 69 | 15 | 34 | 49 | 45 | 5 | 0 | 1 | 1 | 2 | ||
1986—1987 | Montreal Canadiens | NHL | 76 | 23 | 23 | 46 | 34 | 17 | 7 | 12 | 19 | 10 | ||
1987—1988 | Montreal Canadiens | NHL | 61 | 13 | 23 | 36 | 39 | 11 | 2 | 4 | 6 | 6 | ||
1988—1989 | Montreal Canadiens | NHL | 78 | 14 | 17 | 31 | 48 | 21 | 3 | 5 | 8 | 6 | ||
1989—1990 | Montreal Canadiens | NHL | 70 | 8 | 16 | 24 | 59 | 11 | 0 | 2 | 2 | 0 | ||
1990—1991 | Montreal Canadiens | NHL | 25 | 0 | 1 | 1 | 12 | 5 | 0 | 0 | 0 | 2 | ||
1991—1992 | Vancouver Canucks | NHL | 67 | 6 | 11 | 17 | 49 | 13 | 0 | 3 | 3 | 8 | ||
1992—1993 | Vancouver Canucks | NHL | 25 | 3 | 0 | 3 | 10 | — | — | — | — | — | ||
NHL yigʻindisi | 1,003 | 264 | 382 | 646 | 946 | 113 | 16 | 35 | 51 | 62 |
Xalqaro faoliyati
tahrirYil | Jamoa | Musobaqa | GP | G | A | Pts | PIM | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1978 | Canada | WJC | 6 | 5 | 3 | 8 | 4 | |
1979 | Canada | WC | 8 | 4 | 1 | 5 | 4 | |
1981 | Canada | WC | 8 | 0 | 1 | 1 | 2 | |
1982 | Canada | WC | 4 | 1 | 3 | 4 | 0 | |
Oʻsmirlar yigʻindisi | 6 | 5 | 3 | 8 | 4 |
Mukofotlari
tahrir- WCHL birinchi yulduzli jamoasi — 1978-yil
Yana qarang
tahrir- 1000 ta oʻyin oʻynagan NHL oʻyinchilari roʻyxati
Manbalar
tahrir- ↑ „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2019-yil.
- ↑ „Ryan Walter“. keynotespeakerscanada.ca. 2-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-oktabr 2022-yil.
- ↑ „Heat name Ryan Walter club president“. NHL.com (2011-yil 2-avgust).
- ↑ „Abbotsford Heat leave city with 102M in losses“. CBC.ca (2014-yil 15-aprel).