Rzambet Kosbergenovich Kosbergenov (1905—1979) — tarixchi olim. Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973), tarix fanlari doktori (1973). Qoraqalpogʻiston ped. institutini tugatgan (1948). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi Iqtisod va madaniyat institutida ilmiy xodim (1951 — 53), shu institut direktori (1953—59); Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston filiali N. Dovqorayev nomidagi Tarix, til va adabiyot institutida tarix shoʻʼbasi mudiri (1959). S. P. Tolstoye va T. A. Jdanko boshchiligidagi Xorazm arxeologiya etnografiya ekspeditsiyasi qatnashchisi (1946—56). Kosbergenovning ilmiy faoliyati qoraqalpoq xalqining etnik tarixi va shakllanishiga bagʻishlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil