São Paulo (qoʻshiq)

The Weeknd va Anittaning 2024-yilgi singli

"São Paulo" – kanadalik qoʻshiqchi The Weeknd va braziliyalik qoʻshiqchi Anittaning qoʻshigʻi. U 2024-yil 30-oktabr kuni XO va Republic Records orqali The Weekndning oltinchi Hurry Up Tomorrow nomli studiyaviy albomining uchinchi singli sifatida chiqarilgan.

„São Paulo“
The Weeknd va Anitta qoʻshigʻi
„Hurry Up Tomorrow“ albomidan
Til portugalcha, inglizcha
Chiqarilgan sanasi 30-oktyabr, 2024-yil(2024-10-30)
Janr braziliyacha fank
Davomiyligi 05:02
Leybl
  • XO
  • Republic
Matn muallif(lar)i
  • Abel Tesfaye
  • Agustinho dos Santos
  • André Viegas
  • Everton de Araujo
  • Flavio de Almeida
  • Larissa Machado
  • Marcelo Nei Leal
  • Mike Dean
  • Sean Solymar
  • Tatiana Lourenço
  • Washington Vaz
Prodyuser(lar)
  • The Weeknd
  • Mike Dean
  • Sean Solymar
The Weeknd xronologiyasi
„Timeless“
(2024)
São Paulo
(2024)
Anitta xronologiyasi
„Malvado Favorito“
(2024)
São Paulo
(2024)
Klipi
"São Paulo" YouTubeda

Tarixi

tahrir

Abel Tesfaye oʻzining yangi chiqarilayotgan (The Weeknd taxallusi ostidagi soʻnggi) albomini targʻib qilish uchun 2024-yil 7-sentabrda San-Pauluda „bir kechalik“ konsertini oʻtkazdi[1]. Ushbu kechada The Weeknd va Anitta oʻzlarining „São Paulo“ nomli duetlarini birinchi marta ijro etishdi[2]. Anitta sahnada kutilmaganda paydo boʻlib qoʻshiq kuylay boshlaydi, lekin u avvalroq The Weeknd raqqosalarining biri sifatida, niqob taqqan holda sahnaga chiqqan edi[3].

27-oktabr kuni Anitta oʻtkir tishli va dumi qirrali chaqaloqning ultratovush tekshiruvida aks etgan surati bilan oʻrtoqlashdi va ostiga „U chiroyli emasmi?“ degan savolni yozib qoldirdi, The Weeknd esa postga „Vau! U juda chiroyli“ deb izoh yozdi[4]. Rasmda 2024-yil 30-oktabr sanasi muhrlangan edi, bu esa singlning chiqish sanasi boʻlib chiqdi[5]. Ikki kun oldin Anitta homilali qorni va yuzida oq niqob bilan tasvirlangan fotosuratini joylagan edi[6].

Manbalar

tahrir
  1. Geraghty, Hollie „The Weeknd explains how he pulled off Anitta collaboration for São Paulo concert“. NME (2024-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-oktyabr.
  2. Jones, Abby „Watch The Weeknd Debut New Songs With Playboi Carti & Anitta In São Paulo“. Stereogum (2024-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-oktyabr.
  3. Kelly, Tyler Damara „Anitta and Playboy Carti join The Weeknd at one-off São Paulo show“. The Line of Best Fit (2024-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-oktyabr.
  4. Kaufman, Gil „The Weeknd and Anitta Appear to Tease Upcoming Collaboration With Devilish Ultrasound Pic: 'Isn't He Beautiful?'“. Billboard (2024-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-oktyabr.
  5. Zavala, Cristina „La ecografía de Anitta tras mostrar su barriga de embarazada, nos anuncia algo grande, ¿qué se trae con The Weeknd?“. Los 40. Qaraldi: 2024-yil 28-oktyabr.
  6. Andrews, Elias „The Weeknd Teases Anitta Collab "São Paulo" With Cryptic Mask Post“. HotNewHipHop (2024-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-oktyabr.