Saʼdulla Karomatov
Saʼdulla Muzaffarovich Karomatov (1928-yil 14-iyul, Buxoro — 1987-yil 21-avgust, Toshkent) — jurnalist, yozuvchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1978).
Saʼdulla Karomatov | |
---|---|
Tavalludi |
14-iyul 1928-yil |
Vafoti |
21-avgust 1987-yil (59 yoshda) |
Fuqaroligi | SSSR |
Yoʻnalish | Nasr |
Janr | ilmiy-ommabop asarlar |
Shoh asari | „Oltin qum“ |
Mukofotlari | Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi |
Faoliyati
tahrirToshkent universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1949). Oʻzbekiston radioeshittirish qoʻmitasida xodim (1949—1951), „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1954—1957), „Oʻzbekiston madaniyati“ (1957—1959), „Sovet Oʻzbekistoni“ (1959—1966) gazetalarida masʼul kotib, „Toshkent oqshomi“ — „Vecherniy Tashkent“ gazetalarining bosh muharriri (1966—1982), Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi (1982—1985)[1].
Asarlari
tahrir1963-yilda esa uning birinchi yirik nasriy asari — „Tog‘lar tabassumi“ hujjatli qissasi maydonga kelgan. So‘ng „Amuning zar kokillari“ (1964), „Go‘zallik ramzi“ (1965), „Kumush kamar“(1964) singari ocherklar to‘plamlari bosmadan chiqqan. Shundan so‘ng u mohir hikoyanavis va qissanavis sifatida qalam tebratgan. Bir muhabbat fojiasiga bagʻishlangan „Bir tomchi qon“ (1968), ikkinchi jahon urushidan keyingi hayot mashaqqatlari haqidagi „Eʼtiqod“ (1970) kabi qissalarini yaratgan. U so‘nggi yillarda geologlar hayotidan olib yozilgan „Oltin qum“ va cho‘llarni o‘zlashtirayotganlarga bag‘ishlangan „So‘nggi barxan“ romanlarini yaratgan.
Tarjima asarlari
tahrirSaʼdulla Karomatov Jyul Vernning „Suv ostida 8000 mill“, turkman yozuvchisi Qilich Quliyevning „Qora karvon“ romanlarini, eron yozuvchilarining hikoyalar to‘plamini, tojik yozuvchisi Yusuf Akobirovning „Tegirmon to‘xtagach“ qissasini, Vadim Kojevnikovning „Peshin chogi kungay tomonda“ romanini o‘zbek tiliga o‘girgan[2].
Unvonlari
tahrirSaʼdulla Karomatovga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni berilgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/sadulla-karomatov
- ↑ "O'zbek adiblari" Miraliyev S. Toshkent, 2016-yil