Geksaxloretan

(S2s16dan yoʻnaltirildi)

Geksaxloretan (perxlor-etan), C2Cl6 — kamfora hidli rangsiz kristallar. Uchta kristall holdagi modifikatsiyam ega. 43,6° gacha rombik panjarali, 43,6—71,1° da triklin panjarali, 71, G. dan yuqorida kubik panjarali modifikatsiya barqaror. Suyuqlanish temperaturasi 187° (yopiq kapillyarda), qaynash temperaturasi 185,6° (oʻz-oʻzidan haydaladi), zichligi 2091 kg/m3. Spirt, efirda oz, uglerod sulfidda yaxshi eriydi. Suvda eruvchanligi 0,005% (22,3°); suv bilan azeotrop aralashma hosil qiladi. G. 200° va undan yuqori temperaturada qattiq ishqor, ishqorning spirtdagi eritmasi taʼsirida oksalat kis-lotagacha gidrolizlanadi. Sanoatda polixloretanlar yoki tetraxloretilenga xlor biriktirib olinadi. Gazsizlantiruvchi tabletkalar i.ch.da, alyuminiydan yasalgan jihozlar tayyorlashda, tutovchi aralashmalar hosil qilishda ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil