Bodom kislota
(S6n5sn Soondan yoʻnaltirildi)
Bodom kislota, oksifenilsirka kislota, fenilglikol kislota, S6N5SN(ON)SOON - tarkibida bitta asimmetrik atomi boʻlgan aromatik kislota. Mol. m. 152,14, Bodom kislota ning ikki optik izomeri bor: qutblanish tekisligini chapga buruvchi L va qutblanish tekisligini oʻngga buruvchi D kislota. L Bodom kislota achchiq bodom tarkibidagi amigdalinni gidrolizlab olinadi. D Bodom kislota esa sambuningrin degan glikozid tarkibiga kiradi. Ratsemik Bodom kislota (parabodom kislota) benzaldegiddan olinadi, suyuqlanish temperaturasi 120,5°. Bodom kislota antiseptik xossalarga ega boʻlgani sababli tibbiyotda ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |