Maextro S800
Maextro S800 – Xitoyning yirik IT kompaniyasidan biri boʻlmish Huawei hamda JAC avtomobilsozlik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan F sinfiga mansub boʻlgan hashamdor elektromobil.
Maextro S800 | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Onalik kompaniyasi |
Huawei JAC |
Subbrend | Maextro |
Kompaniya | HIMA |
Chiqarilgan yil | 2024 |
Zavod(lar) | Anxoy, XXR |
Tasnifi | |
Sinfi | F |
Platformasi | Turing[1] |
Oʻlchamlari | |
Gʻildirak bazasi | 3,370 mm (132.7 in) |
Uzunligi | 5,480 mm (215.7 in) |
Kengligi | 2,000 mm (78.7 in) |
Balandligi | 1,536 mm (60.5 in) |
Eksteryer | |
Kuzov turi | Sedan |
Eshiklar soni | 5 ta |
Boshqa maʼlumotlar | |
Oʻxshash modellar | Rolls-Royce Ghost |
Narxi |
137 000$ 207 000$ |
Maextro S800 Vikiomborda |
Tarixi
tahrirHuawei kompaniyasi 2021-yilda Seres kompaniyasi bilan birgalikda Aito subbrendi taqdim etadi. 2023-yilda Chery kompaniyasi bilan birgalikda Luxeed subbrendi namoyish etiladi. 2023-yilda Huawei kompaniyasi Xitoyda elektromobillar ishlab chiqarish uchun HIMA (inglizcha: Harmony Intelligent Mobility Alliance) konsorsiumini tuzadi va ushbu subbrendlar bitta kompaniya tarkibiga kiradi[2]. 2024-yilda BAIC kompaniyasi bilan birgalikdagi Stelato subbrendi taqdimoti boʻlib oʻtadi. 2024-yil avgust oyida Huawei kompaniyasining aqlli avtomobillar boʻlimi raisi Yu Chengdong JAC bilan birgalikda yaratilgan Maextro brendi tashkil etilgani haqida maʼlum qildi. Yu Chengdongning soʻzlariga koʻra, Maestro Maybach va Rolls-Royce avtomobillari bilan raqobatlashadi. Huawei avtomobillar uchun dasturiy taʼminotni ishlab chiqsa, avtomobil ishlab chiqaruvchilari esa avtomobil platformalarni ishlab chiqaradi.
Taqdimot
tahrirYangi model 2024-yil 26-noyabr kuni Huawei Mate taqdimoti paytida taqdim etildi[3].
Texnik koʻrsatkichlari
tahrirAvtomobilning uzunligi 5480 mm, kengligi 2000 mm, balandligi 1536 mmni, gʻildiraklar bazasi esa 3370 mm ni tashkil qiladi[2].
Eksteryer
tahrirMaextro logotipi olmos koʻrinishida ishlangan boʻlib, yulduzlarga taqlid qiluvchi svetodiodlar avtomobil tashqarisi va ichki bezaklarida keng qoʻllanilib, ular faralar, chiroqlar va hatto eshik tutqichlarida ham oʻrnatilgan[4].
Uch qavatdan iborat boʻlgan old tomonidagi optika faralari Rolls-Roysdan ilhomlangan holda ishlangan. Faralar bumerangsifat shaklda ishlangan. Markaziy optikada ham xarakterli „sariq nuqta“lar mavjud boʻlib, ular „yulduzli osmon“ naqshini aks ettiradi. Radiator panjarasi oʻrniga yopiq old panel oʻrnatilgan. Panjaraning oʻzi pastga tushirilgan va old bamperning ustida joylashgan. Tom qismida esa lidarni oʻrnatilgan boʻlib, aqlli yordamchi ishlashiga yordam beradi[5].
Interyer
tahrirAvtomobil saloniga oid maʼlumotlar toʻliq ochiqlamagan. Oʻrindiqlar soni 4 tani tashkil etadi. Avtomobilning tom qismida lyuk yoki panorama mavjud emas.
Narxi
tahrirMaextro S800 Xitoyning hashamatdor sedanlar sinfiga taalluqli eng qimmat avtomobili boʻladi. Minimal komplektatsiyadagi elektromobil 138 ming dollar, maksimal komplektatsiyadagi esa 207 ming dollar sotilishi kutilmoqda. Taqqoslash uchun, Xitoyda Mercedes-Maybach S-Class narxi 202 ming dollardan boshlanadi. S800 sotuvi 2025-yil oʻrtalarida boshlanadi[2][6].
Galereya
tahrirYana qarang
tahrirHavolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Сурабекянц, Сергей „Huawei показал конкурента Rolls-Royce — электромобиль Maextro S800 стоимостью от $140 000“ (2024-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Huawei представила Maextro S800 — электрический седан бизнес-класса“. habar.com. Qaraldi: 2024-yil 29-noyabr.
- ↑ „Замена Maybach и Rolls-Royce: премиальный седан Maextro S800 от Huawei показали целиком“ (ru). ixbt.com. Qaraldi: 2024-yil 29-noyabr.
- ↑ Ежов, Андрей „Huawei представила конкурента Maybach и Rolls-Royce: встречаем седан Maextro S800“ (ru). kolesa.ru (2024-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 29-noyabr.
- ↑ „Седан Maextro-класса. За какой автомобиль JAC и Huawei просят 20 млн рублей“ (ru). Qaraldi: 2024-yil 30-noyabr.
- ↑ „Maybach и Rolls-Royce, в сторону: новые живые фото и детали огромного суперседана Maextro S800 от Huawei“. ixbt.com (2024-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 29-noyabr.