Pretsipitat
Pretsipitat, dikalsiy fosfat digidrat, CaHPO4-2H2O — fosforli mineral oʻgʻit. Oq yoki och kulrang kukun. Mushtlanib qolmaydi, yaxshi sochiladi. Fosfat kislotani ohak suti yoki boʻr yordamida choʻktirib olinadi. Tarkibida 25 dan 38% gacha P2O5 bor. Suvda erimaydi, lekin tarkibida oʻsimlik oʻzlashtira oladigan, sitrat eritmasida eriydigan dikalsiyfosfat holatidagi fosfori bor. P. hamma tuprokdar va barcha ekinlar u chun asosiy oʻgʻit sifatida plug yoki Quyosh(Oy) kultivator yordamida maʼlum chukurlikka soli-nadi. Samaradorligi jixatidan superfosfatam qolishmaydi. Chorvachilikda boʻrdoqiga boqiladigan choʻchqa va parrandalar ratsionida kalsiy va fosforli mineral qoʻshimcha sifatida ozuqa P. qoʻllanadi. Tarkibida 46— 48% P2O5 bor. Uning tarkibidagi fosforning 83%ga yaqin miqdori hayvonlarda qazm boʻladi[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |