Saar-lotaringiya koʻmir havzasi
(Saar-lotaringiya ko'mir havzasidan yoʻnaltirildi)
Saar-lotaringiya koʻmir havzasi — GFR (Saar) va Fransiya (Lotaringiya) hududlarida joylashgan koʻmir havzasi. Ko'mir XIX asr boshidan qazib olinadi. Maydoni taxminan 7 ming km². Koʻmir yuqori karbon davriga mansub, umumiy qalinligi 140 m gacha boʻlgan 550 dan ziyod qatlamdan iborat. Ulardan 50—100 ta qatlam (umumiy qalinligi 70–85 m) sanoat ahamiyatiga ega. Zaxiralari taxminan 10 mlrd. t. Qazib olinadigan zaxirasi taxminan 3 mlrd. t. Koks boʻladigan koʻmir qazib olinayotgan koʻmirning 43% ni tashkil etadi. Yonish issiqligi 31,5—35,7 MJ/kg. Yiliga 28 mln. t ga yaqin koʻmir qazib olinadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |