Sabih
Sabih (ivritcha: סביח [saˈbich]) — bu isroil oshxonasi taomidir. U qovurilgan baqlajon, qattiq qaynatilgan tuxum, katsuz salati, petrushka, mango solingan amba va tahini sousi[1] bilan toʻldirilgan pita yoki laffu. en]. Sabih ingredientlari anʼanaviy Iroq tez pishar nonushtasiga asoslangan. Sabih butun Isroil boʻylab koʻplab restoran va gazakxonalarda tayyorlanadi. Bu mashhur koʻcha taomidir.
Etimologiyasi
tahrirSabih ismining kelib chiqishi haqida bir qancha nazariyalar mavjud.
Koʻpchilik buni Ramat Gan shahridagi restoranni boshqargan Iroqlik yahudiy Sabih Zvi Xalabiy[2] bilan bogʻliq, taomni shu inson kashf etgan deb hisoblaydi[3].
„Sabih“ soʻzi arabcha صباح [sˤaˈbaːħ] „tong“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin, chunki bu taomning ingredientlari Iroq nonushtasiga xosdir[3].
Boshqa bir nazariyaga koʻra, „sabih“ ibroniycha „salat, beyza, yoter xatsil“ soʻzlarining qisqartmasi (ivritcha: סלט ביצה יותר חציל) bolib, bu „salat, tuxum, koʻproq baqlajon“ degan maʼnoni anglatadi. Bu, ehtimol, yumoristik talqin backronim[4] boʻlishi mumkin.
Tarixi
tahrirSabih sendvichi gʻoyasi, ehtimol, Isroilga 1940 va 1950-yillarda qochqin sifatida kelgan iroqlik yahudiylar tomonidan olib kelingan. Iroqlik yahudiylarning ertalab, nonushta tayyorlashga vaqt boʻlmaganida, oldindan tayyorlab qoʻyilgan qovurilgan baqlajon va qattiq qaynatilgan tuxumni lavash xamiriga oʻralgan holda yoki qaynatilgan kartoshka bilan sovuq holida isteʼmol qilishgan. Baqlajon bir kecha avval tayyorlab qoʻyilgan.
Isroilda bu ingredientlar bora-bora tezpishar taom sifatida mashhur boʻldi. Aytilishicha, bu taom Isroilda birinchi marta 1961-yilda Ramat Gan shahridagi Uziel koʻchasidagi kichik kioskda sotilgan[5]. 2020-yilda muassasaning hozirgi joylashgan joyiga tutash hudud „Sabiha maydoni“ deb nomlandi.
Non yoki lavash xamiri boʻlmagan variant Sabih salati deb ataladi (ivritcha: «סלט סביח»).
Ingredientlar
tahrirSabih anʼanaviy ravishda lavash xamiriga oʻrab beriladi. Uning tarkibida qovurilgan baqlajon boʻlaklari, qattiq qaynatilgan tuxum, tanixi sousi (tahini, limon sharbati va sarimsoq), isroil salati, mayda tugʻralgan petrushka va amba sousini mavjud boʻladi. Baʼzi versiyalarda qaynatilgan kartoshka ishlatiladi. Tuxumlardan anʼanaviy tarzda xaminado pishiriladi ular asta-sekin cholenda jigarrang boʻlguncha qizdiriladi. U yoki bu gazakxonaning ixtiyoriga koʻra, taomga ziravor sifatida yashil yoki qizil sxug qoʻshilishi va usti toʻgʻralgan piyoz bilan bezatilishi mumkin.
Galereya
tahrirYana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Tales of a wandering chickpea“ (deadlink). The Santa Fe New Mexican. 2012-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 21-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2011-09-30 sanasida arxivlangan)
- ↑ „When Your Father Shares a Name with a National Dish“ (en-US). Jewish Food Society. Qaraldi: 2021-yil 1-fevral.
- ↑ 3,0 3,1 „אין כמו, אין כמו עמבה: מדריך הסביח — מדן ועד אילת“, ynet, 12.11.06
- ↑ „No ‘Cultural Genocide’ Here: An Israeli Sandwich Stays Out Of Hummus Wars“. The Forward. Qaraldi: 2020-yil 9-oktyabr.
- ↑ Walla News 2007