Sadafdorlar
Sadafdorlar (Unio) — ikki pallalilar sinfiga mansub mollyuskalar tipi. Chigʻanogʻining uzunligi 13,7 sm gacha. Yevropa, Shimoliy Afrika va Sharqiy Osiyoda tarqalgan. Daryolarda, koʻl qirgʻoqlarida yashaydi. Suvdagi organik moddalar bilan oziqlanadi. Ponasimon oyogʻi yordamida harakatlanadi. Ayrim jinsli; urugʻlangan (400 mingtacha) tuxumini urgʻochisi jabrasiga qoʻyadi. Tuxumidan baliqlarda parazitlik qiluvchi lichinka (gloxidiya) rivojlanadi. Chigʻanogʻidan sadaf olinadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |