Buyuk Xitoy devori

(Saddi Chiniydan yoʻnaltirildi)

Buyuk xitoy devori (xitoycha "Vanli changcheng" — "10 ming li uzunligdagi devor"), Saddi Chiniy — Shim. Xitoydagi qalʼa devori. Qad. Xitoy meʼmorchiligining ulkan yodgorligi. Qalʼa devori sifatida dastlabki qismi miloddan avvalgi IV—III asrlarda (tosh va gʻishtdan ishlanib, ichini tuproq bilan toʻldirib, shibbalab) qurilgan. Miloddan avvalgi II— I-asrlarda Gʻarbga tomon 500 km ga uzaytirilgan. Keyinchalik uni qurish va mustahkamlash ishlari (eng muhimi 14—15-asrlar) davom etgan. 1953-yilda Szyuyyunguan qalʼasi (Pekin) yaqinidagi qismi taʼmirlangan. Buyuk Xitoy devori Szyuyyunguan qalʼasi (Gansu viloyatining gʻarbi) va Shanxayguan (Lyaodun koʻrfazi qirgʻogʻi) qalʼaqoʻrgʻoni oraligʻida choʻzilgan; koʻtarilish joylari va tarmoqlari bilan uz. 5000 km ga yaqin (toʻliq saqlanmagan). Xitoy arxeolog olimlarining 2001-yildagi ilmiy tadqiqotlariga koʻra, Xitoyning jan.gʻarbidagi sunʼiy tepalik ham Buyuk Xitoy devori ga daxldorligi — uning davomi ekanligi aniqlandi. Bu bilan Buyuk Xitoy devorining umumiy uzunligi 530 km ga koʻpaydi. Buyuk Xitoy devorining balandligi— 6,6 m (shinaklarining devorlari bilan 8–10 m gacha), kengligi — asosida 6,5 m dan yuqorisida 5 m gacha. Har bir necha yuz metrda soqchilar uchun toʻrtburchakli burjlar (balandligi 10–12 m) qurilgan, har 10 km da kuzatish va xabar berish uchun minoralari, togʻdagi muhim oʻtish joylarida mustahkam qoʻrgʻonlari boʻlgan. Buyuk Xitoy devori meʼmoriy yodgorlik sifatida saqlanadi.

Buyuk Xitoy devori
Xarita

Alisher Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostonida B.Buyuk Xitoy devori "Saddi Chin" devori nomi bilan tilga olingan.

Yana q.

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil