Sadri Jahon – XII XIII asrlarda Buxoroda hukmronlik qilgan burhonlar xonadoni unvoni. „Kitobi mullazoda“ asarining muallifi Ahmad ibn Mahmudning yozishicha, burhonlar xonadoniga Abdulaziz ibn Umar asos solgan. Sadri jahon unvoni unga sulton Sanjar tomonidan berilgan. Abdulaziz ibn Umar vafotidan soʻng bu lavozim oʻgʻli, keyinchalik nevaralariga berilgan. Ularning avlodlari 1207-yilgacha Buxoroda mustaqil hukmronlik qilgan. Soʻnggi Sadri jahon Burhoniddin Muhammad ibn Ahmad oʻsha yili Muhammad xorazmshoh tomonidan mansabdan tushirilgan. Burhonlarning ayrim namoyandalari ilgarigidek nufuzga ega boʻlmasalarda, imtiyozlari moʻgʻullar davrida ham saqlanib qolgan. Ular vaqf yerlarni nazorat qilishgan; oʻz yerlari, savdohunarmandchilik korxonalari boʻlgan, karvon savdosi bilan shugʻullanishgan. XIII asrda Malik Sanjar Sadri jahonlarga qarshi xalq qoʻzgʻolonini boshqargan (yana qarang Malik Sanjar qoʻzgʻoloni).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil