Sadriddin Yoʻldoshev
Sadriddin Xoʻjayevich Yoʻldoshev (22-fevral 1917 — Toshkent — 24-aprel 1993) — biolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1968), VASXNIL (1978) akad., biologiya fanlari doktori (1966), professor (1970). Oʻrta Osiyo universititi biologiya fakultetini tugatgan (1939). Toshkent pedagogika institutida oʻqituvchi (1939-41), oʻrta maktabda direktor (1942-47). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Usimliklar eksperimental biologiyasi institutida aspirant (1948—51), katta ilmiy xodim (1951—54), Markaziy ilmiy baza direktori (1954—58), shu institut direktori oʻrinbosari (1958—65), direktori (1966—70), Butunittifoq Paxtachilik instituti ("SoyuzNIXI") direktori (197276), VASXNIL Urta Osiyo boʻlimi raisi (1976—84). 1984-93 yillarda Oʻzbekiston Paxtachilik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy maslahatchi. Ilmiy ishlari gʻoʻza biologiyasi, ayniqsa, unyng yotib qolishi sabablari, vilt kasalligiga karshi kurash masalalariga ba-gʻishlangan. Toshkent 2, Toshkent 3 gʻoʻza navlari mualliflaridan biri.[1]
Manbalar
tahrir- Polegayemost xlopchatnika i puti yeyo snijeniya, T., 1966; Regulyasiya rosta xlopchatnika s pomoshyu retardantov, T., 1977 (hamkorlikda); Faktori urojaynosti xlopchatnika, T., 1982 (hamkorlikda).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |