Saf
Askarlarning bir boshqasining ketidan turadigan Saf (arab. – qator, sira) – harbiy boʻlinma va qismlarning birgalikda harakat qilishi uchun muayyan tartibda joylashuvi. Quldorliktuzumining vujudga kelishi turli qoʻshin qismlarini maʼlum tartibga solish, saf tuzishni taqozo etgan. Yaqin Sharq, Yunoniston, Qadimiy Rim va Karfagenda qurol-yarogʻlarning va harbiy ishning takomillashuvi, jang aravalarining paydo boʻlishi jangovar safga alohida diqqat qilishga zamin yaratgan. Turkiy xalqlar tomonidan jahon harbiy sanʼati tarixida birinchi boʻlib otliq askarlar safining joriy qilinishi suvoriy qoʻshinining dushman kuchlari ustidan toʻla ustunligini taʼminlagan.
Zamonaviy saf – harbiy xizmatchilar, kichik boʻlinmalar va qismlarning Nizomga koʻra, piyoda va mashinalarda birgalikda harakat qilish uchun joylashuvi. Bunda qanotlar oʻrtasidagi masofa – safning eni, 1sherenga (oldinda turgan harbiy xizmatchi)dan soʻnggi sherenga (oxirida turgan harbiy xizmatchi) orasidagi, mashinalar bilan turganda esa, 1chiziqda (oldinda) turgan mashinalar bilan soʻnggi (orqadagi) chiziqda turgan mashinalar oʻrtasidagi masofa – safning boʻyi deb ataladi. Boʻlinmalar 1 yoki 2 sherenga (mashinalar liniyasi)ga yoxud kolonnalar liniyasiga Nizom yoki komandir belgilab qoʻygan oraliq masofani saqlagan holda tizilishi – yoyiq saf boʻlib, shuningdek, boshqa zarur hollarda qoʻllanadi. Boʻlinmalarning Nizom yoxud komandir belgilab qoʻygan oraliq masofani saqlagan holda kolonnalarga tizilishi – yurish safi deb ataladi. U boʻlinmalarning marshni bajarishi, tantanali marsh va ashula bilan oʻtish kabi bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi, shuningdek, boshqa zarur hollarda qoʻllanadi. Safni boshqarish – komandirning ovoz, signal va shaxsiy namuna, shuningdek, texnik va harakat vositalari orqali beriladigan buyruqlari orqali amalga oshiriladi.
Kolonna boʻyicha buyruqlar kichik boʻlinmalar komandirlari (mashina boshliqlari) va tayinlangan kuzatuvchilar orqali uzatilishi mumkin.
Yurish safi – boʻlinma kolonnaga tizilgan yoki kolonnaga tizilgan
boʻlinmalar ketma-ket, mazkur Nizomda belgilangan yoki komandir
tomonidan tayinlangan distansiya qoldirgan holda joylashgan saf.
Yurish safi boʻlinmalar marsh davomida harakatlanishi, tantanali
yurishi, saf qoʻshigʻi bilan oʻtishi uchun va shu kabi, boshqa zaruriy
hollarda qoʻllanadi.
Yonma-yon tizilgan saf – boʻlinmalar bir yoki ikki sherengali
safga (mashinalar chizigʻiga) front boʻylab bir chiziqda tizilgan yoxud
kolonnalar chizigʻiga, mazkur Nizomda belgilangan yoki komandir
tomonidan tayinlangan interval qoldirgan holda tizilgan saf.
Yonma-yon tizilgan saf yoʻqlama, sanoq, koʻrik, parad oʻtkazish
uchun va shu kabi, boshqa zaruriy hollarda qoʻllanadi.
Yetakchi – tayinlangan yoʻnalishda bosh boʻlib borayotgan
harbiy xizmatchi (boʻlinma, mashina). Qolgan harbiy xizmatchilar
(boʻlinma yoki mashinalar) oʻz harakatini yetakchiga qarab moslashtiradi.
Oxirda boruvchi – kolonnaning oxirida borayotgan harbiy xizmatchi
(boʻlinma, mashina).
Saf boshqarish amallari ogʻzaki, signal vositasida yoki komandir
tomonidan shaxsan koʻrsatib beriladigan, shuningdek, texnik va
harakatchan vositalar orqali uzatiladigan komanda va buyruqlar orqali
bajariladi.
Komanda va buyruqlar kolonna boʻyicha boʻlinma komandirlari
(mashina kattalari) va tayinlangan kuzatuvchilar orqali uzatilishi mumkin.
Mashinada boshqarish amali ogʻzaki beriladigan yoki aloqa
vositalari orqali uzatiladigan komanda va buyruqlar orqali bajariladi.
Safda katta komandir saf boshqarish uchun oʻziga qulay boʻlgan
joyda boʻladi. Qolgan komandirlar komandalarni mazkur Nizomda
belgilangan yoki katta komandir tayinlagan joyda qolib berishadi.
Batalyon va brigadaning yurish safidagi vzvod va undan katta
boʻlinma komandirlariga safdan chiqishga faqat komanda berib, uning
ijrosini tekshirish uchungina ruxsat beriladi.
Boʻlinma "SAFLAN" komandasiga binoan saf tortadi. Ushbu
komandadan oldin saf tortish tartibi koʻrsatib oʻtiladi, misol uchun:
(„Guruh, bir sherengaga SAFLAN“). Bunday komandaga binoan,
boʻlinma harbiy xizmatchilari safdagi oʻz oʻmini belgilangan interval va
distansiyaga amal qilgan holda egallab, qad rostlab turishi lozim.
Hamidulla Dadaboyev, Xudoynazar Jumanazarov.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |