Safiye Narimanovna Abduramanova (23-dekabr 1977-yil, Uchqoʻrgʻon, Namangan viloyati, Oʻzbekiston) — tarixchi olim. Hunarmand. Kashtadoʻzlik boʻyicha mutaxassis. Millati qrim-tatar.

Safiye Abduramanova
Tavalludi 1977-yil 23-dekabr
Fuqaroligi

SSSR bayrogʻi SSSR

Ukraina
Taʼlimi Tavriysk milliy universiteti
Qrim Sanoat va Pedagogika universiteti
Kasbi Tarixchi, etnograf

Tarjimayi holi tahrir

1977-yil 23-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. 2002—2007-yillarda Safiye Abduramanova V. I. Vernadskiy nomidagi Tavriysk milliy universitetining tarix fakultetida tahsil olgan. Qadimgi dunyo va oʻrta asrlar tarixi kafedrasida ishlagan. 2018-yildan boshlab Safiye Qrim Sanoat va Pedagogika universitetining Qrim-tatar adabiyoti va jurnalistika bo‘limida aspiranturada o‘qishni davom ettirmoqda. Asosiy ish joyi — Baxchisaroy tarixiy-madaniy va arxeologiya muzey-qoʻriqxonasining Qrim tatarlari tarixi va madaniyati muzeyi (Xon saroyi) boʻlimi. Abduramanova boʻlimda ilmiy xodim boʻlib ishlaydi. Safiyening olim sifatidagi ixtisosligi quyidagicha: Qrim tatarlarining etnografiyasi, madaniyati, sanʼati. Tarixchi olimning bir qator ilmiy maqolalari, alohida kitob nashrlari, ko‘rgazmalarini shu mavzuga bag‘ishlagan.

2015-yildan Abduramanova ilmiy ish sifatida amaliy sanʼat mahorati, yaʼni Qrim tatarlarining anʼanaviy kashtachiligi mavzusida tadqiqot olib bormoqda. Safiye 2015-yilning noyabridan 2016-yilning fevraligacha Baxchisaroydagi „Arslan“ markazida qrim-tatar o‘qituvchisi Zarema Mustafoyevadan tahsil oldi. Ayni paytda hunarmand qrim-tatarlarning mik’lam, bukme, pul kabi zardo‘zliklari bilan tanish. Abduramonova qadimiy tikuv naqshlarini (Qur’on kitobi, kiset kise, fes bosh kiyimi) rekonstruksiya qilgan[1]. Hunarmand doimiy ravishda bir necha turdagi tilladan boʻlgan original ayollar zargarlik buyumlari-tumorlarini yaratadi va yarim qimmatbaho toshlar, munchoqlar bilan bezatadi.

Koʻrgazmalarda ishtiroki tahrir

1. „Arslan“ markazida oʻquv kursi yakunida hisobot koʻrgazmasi (2016).

2. „Qrim tatarlarining dekorativ sanʼati. Asrlar prizmasidan“ koʻrgazmasi. 2017-yil oktyabr, Baxchisaroy tarixiy-madaniy qoʻriqxonasining 100 yilligi va Usein Bodaninskiy tavalludining 140 yilligiga bagʻishlangan[2].

Manbalar tahrir

  1. Гульназ БАДРЕТДИН. Золото Крыма в Казани. Голос Крыма. Qaraldi: 14-iyun 2023-yil.
  2. Эльдар Сеитбекиров. „«Декоративное искусство крымских татар. Сквозь призму столетия» или Опыт предков для нас поучителен?“. Голос Крыма. Qaraldi: 14-iyun 2023-yil.